International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu

Marksistik sotsiologiya ta‘limoti K.Marks (1818-1883) va F.Engels(1820-1895) nomi bilan bog‘liq. K.Marks va F.Engelsning jamiyat to‘g‘risidagi materialistik ta‘limoti sotsiologiyaning klassik va noklassik tiplarining o‘ziga xos sintezi sifatida vujudga keldi1. Marksizmda «Sotsiologiya» predmeti jamiyatning asosiy rivojlanish qonuniyatlarini, uning ijtimoiy birliklari va institutlarini o‘z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyotini materialistik tushunishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
  • 1. Tarixiy materializmning asosiy tamoyillaridan biri ijtimoiy rivojlanish qonuniyatini e’tirof etish.
  • 2. K.Marks va F.Engels jamiyat hayotida amal qiladigan xilma-xil, ko‘plab ijtimoiy munosabatlarning belgilovchisini aniqlash zarur, deb bildilar. Bu ijtimoiy munosabatlar – moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usuli bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Kishilar o‘z turmushini ijtimoiy ishlab chiqarishda ularning irodalariga bog‘liq bo‘lmagan, muayyan, zarur munosabatlarga, ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojining muayyan bosqichiga muvofiq bo‘ladi.
    • Marksistik sotsiologiya ta’limoti
    • Moddiy hayotning ishlab chiqarish usuli umuman sotsial, siyosiy va ma’naviy hayot jarayonlarini belgilaydi. Kishilarning ongi ularning borlig‘ini belgilamaydi, balki aksincha, ijtimoiy borlig‘i ularning ongini belgilaydi.
    • 3. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik ta‘limotning yana bir muhim tamoyili jamiyat hayotining progressiv rivojlanib borish xususiyatiga ega ekanligi. Shu tamoyil asosida Marks va Engels ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to‘g‘risidagi qonuniyatni ochdilar.
    • 4. Tabiiy-tarixiy jarayonlar tabiatda ro‘y beradigan jarayonlar singari qonuniyatli, zaruriyat orqali sodir bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra, obyektiv harakterga ega. Ammo tabiat hodisalaridan farq qilib, jamiyat hodisalari stixiyali tarzda emas, balki unda yashovchi kishilarning ongli faoliyati natijasidan iborat. Jamiyat hayotida hech bir hodisa kishilar ongida aks etmay sodir bo‘lmaydi.
    • 5. G.Zimmel va M.Veber sotsiologik qarashlaridan farqli o‘laroq, K.Marks va F.Engels sotsiologik qarashlarida empirik sotsiologik ma’lumotlar va nazariy xulosalar «tarixiy davr manfaatlari»ga – proletariat manfaatlariga qaratilgan edi. V.I.Leninda bu yondashuv partiyaviylik tomoyili sifatida yanada rivojlantirildi. Bu esa, jamiyat tarakqiyoti to‘g‘risidagi barcha «burjua» sotsiologik ta‘limotlar noilmiy deb, inkor etilishiga olib keldi. Umuminsoniy qadriyatlar o‘rnini sinfiy, partiyaviy qadriyatlar egalladi.
    • Marksistik sotsiologiya ta’limoti
    • Marksizm klassiklari empirik harakterdagi ochiq sotsial tadqiqotlarni burjua ilmi ko‘rinishi deb qayd etadi. K.Marksning «Kapital», F.Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli», «Turmush (turarjoy) masalasiga doir», V.I Leninning «Rossiyada kapitalizmning taraqqiyoti», «Buyuk pochin» singari asarlari, nazariy tadqiqotlari ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish asosida sinfiylik printsipi bilan yozilgan. K.Marks va F.Engels tomonidan 1848 yili yozilgan «Kommunistik partiya manifesti» asari ana shu sinfiylik va partiyaviylik tomoyilining nazariy cho‘qqisi bo‘ldi.
    • K.Marks va F.Engels sotsiologik qarashlarining ayrim tomonlarini G.V.Plexanov, A.Bebel, R.Lyuksemburg va boshqalar ham rivojlantirib, konkretlashtirganlar. Shuningdek, ularning fikrlarini, ya’ni marksistik sotsiologik qarashlarini V.J.Kelle, S.A.Kugel, P.Tamasha, K.Myuller, I.T.Frolov, V.A.Engelgardt kabi sotsiologlar fanning ishlab chiqarish va jamiyatning boshqa sohalari bilan aloqasini yanada takomillashtirish, fan axloqi kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

    • Yüklə 1,79 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin