“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
20 
matematika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda, tibbiyot, tarix, geografiya, filologiya, musiqa, 
tasviriy san’at, astrologiya kabi bilim sohalari asta-sekin kurtak yoza boshlagan.
Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib, unda ham ilk 
madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil 
madaniyati kabi qadimgi Misr madaniy yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma 
turlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning 
ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi bo‘lgan falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi misrliklar suvni odamga oziq-ovqat etishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulug‘ ne’mat, deb 
bilganlar. Suv ularga butun tabiatning, hayotning asosi bo‘lib ko‘ringan. Ular Nil daryosini ilohiy bir 
mo‘‘jiza deb, tabiatdagi o‘simlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi misrliklar astronomiya 
sohasida ba’zi bilimlarga ega bo‘lib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida yulduzlar 
xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. Qadimgi Misrda tibbiyot juda rivojlangan, misrliklar 
kasalliklarning juda ko‘p turlaridan xabardor bo‘lishib, tashhis qo‘yish sohasida katta tajribalarni 
qo‘lga kiritganlar. Qadimgi misrliklar, ayniqsa qurilish, arxitekturaga, san’atning juda ko‘p turlariga, 
hisob-kitob, o‘lcham va chizmachilik, matematik va astronomik bilimlarga egaligi jihatdan 
boshqalardan tubdan farq qilishgan. Haqiqiy ma’noda ular geometriya va astronomiyaga oid 
bilimlarning ilk yaratuvchilari bo‘lishgan. Misr ehromlari-piramidalar buning rad qilib bo‘lmas 
hayotiy guvohlaridir. Umuman, Qadimgi Bobil va Misr xalqlarining madaniyati, urf odatlari, 
dunyoqarashlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, badiiy, ahloqiy va falsafiy qarashlari butun 
qadimiy SHarq xalqlari kabi diniy qarashlar bilan sug‘orilgan bo‘lgan. Ularning bu qarashlari 
nasldan-naslga, avlodlardan-avlodlarga o‘tib, SHarqdagi boshqa ko‘pchilik xalqlar madaniyma’naviy 
taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Buni biz qadimiy 
Hindistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.Qadimgi 
Hindiston o‘zining boy tarixi va madaniyatiga, diniy va falsafiy ma’lumotlariga ega bo‘lgan. 
Hindistonda eramizdan 3 ming yil muqaddam erni sun’iy sug‘orish, dehqonchilik taraqqiy etgan, 
anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, zargarlik, hunarmandchilik, pishiq 
g‘ishtlardan ko‘p qavvatli binolar qurish, jun va zig‘ir tolasidan matolar tayyorlash, mis va temir, 
qalay va qo‘rg‘oshindan qurol-aslahalar yasash taraqqiy etgan. Abu Rayhon Beruniyning 
«Hindiston» asarida yozilishicha, eramizning birinchi asrlaridayoq Hindistonda tibbiyot, riyoziyot, 
ilmi nujum, kimyo, musiqa, po’ziya, tarix, san’at va falsafaga oid bilimlar keng rivojlangan bo‘lgan. 
Ayniqsa, noyob tabiatga, sa[iy zaminga, ajoyib nabotot va hayvonot olamiga boy bo‘lgan Qadimgi 
Hindistonda madaniyat va san’atga oid, diniy, falsafiy qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha 
etib kelgan «Ramayana», «Mahobhorat» («Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar 
to‘liq guvohlik beradi. Bu buyuk nafosat va betimsol hikmat hazinasi bo‘lgan asarlarda hind xalqining 
qadimiy urf-odatlari, an’analari, odobaxloqi, madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari bilan birga, 
ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy badiiy va falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan. Bulardan 
tashqari, qadimiy Hindistonda falsafiy fikrlar to‘rtta Vedalarda ham ifodalangan. Ular: Rigveda, 
Samaveda, Yajurveda, Atxarvavedalardir. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo‘lib, u eramizdan 
1500 yil oldin paydo bo‘lgan. Bu Vedalarda diniy qarashlar bilan birga olam, borliq fazo va vaqt 
inson, inson hayotining ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ilohiy 
kuchlar, ularning faoliyatlari haqida muhim falsafiy fikrlar va qarashlar ilgari suriladi. Keyinchalik 
bu vedalarni turlicha tushunish asosida ularni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga 
keladi. Bu maktablar o‘z g‘oyaviy yo‘nalishlariga ko‘ra ikki oqimni tashkil qilishadi. Birinchi oqim 
tabiiy materialistik yo‘nalishda bo‘lib, uni buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka 
maktablari tashkil qiladi. Ikkinchi oqim esa diniy idealistik yo‘nalishda bo‘lib, unga vedanta, 
mimansa, sankxiya, yoge, n’yaya, vaysheshika, maktablari kiradi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin