Dahldorlik hissi tushunchasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering?



Yüklə 16,58 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü16,58 Kb.
#105633
8 - mavzu nazorat savollari


Nazorat savollari

  1. Dahldorlik hissi tushunchasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering?

Daxl (arabcha)-tegishlilik, taalluqlilik, aloqa, munosabat”1, deb, “Tuyg‘u-1.(fizologik) Tashqi ta’sirni sezish, his etish, qabul qilib olish qobilyati, sezgi. 2.Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuyg‘ular majmui, his-tuyg‘u, his-hissiyot. 3.Ko‘tarinki ruh, ehtiros2” deb izohlar beriladi. “Tuyg‘u-bu sining ichingizdagi eng qudratli kuch. Tuyg‘u cho‘lni boqqa, tiyinni xazinaga aylantiradi. Tuyg‘u-bu yonilg‘i. Aql esa-kemani harakatga keltiruvchi yoki insoniyat taraqqiyotini rivojlantiruvchi kuchdir”3, deb yozadi amerikalik - biznesmen-faylasuf Jim Ron. U tuyg‘ularni to‘rt turini: nafrat tuyg‘usi, qaror tuyg‘usi, istak tuyg‘usi va jasorat tuyg‘ularini sanab o‘tadi. Inson ruhiyatida bir qator tuyg‘u turlarini sanab o‘tish mumkin: Vatan, sevgi, ishon, o‘z-o‘zini tuyish, go‘zallikni tuyish, egalik, faxr, daxdorlik kabi va boshqalar. “Daxldor (arabcha-forscha)-aloqador bo‘lgan, aloqasi, daxli bor, tegishli, taalluqli”4 tushuncha sifatida keltiriladi. “Daxldorlik” tushunchasi esa “daxl” arabcha so‘zga forscha “dor”, o‘zbekcha “lik” qo‘shimchalarini qo‘shish natijasida paydo bo‘lgan, fazilatni ifodalovchi tushunsa sifatida qayd etish mumkin. Demak, daxldorlik - kishilarni vatanga, millatga, merosga, ajdodavlodlarga, jonivorlarga, tabiat hodisalariga va narsa-hodisalarga aloqadorligini, taalluqli ekanligini ifodalovchi axloqiy tushuncha va insoniy fazilatdir. Birinchi

  1. Milliy g`oya maqsadlarining har bir inson maqsadi bilan mushtarakligini asoslab bering?

Daxldorlik milliy istiqtiqlol mafkurasining ajralmas, tarkibiy qismidir. Hayot tarzining ustuvor yo‘nalishi, inson faoliyatining mohiyati, uning maqsadi, manfaati, yashash tarzi, daxldorlik tuyg‘usida mujassamlashgandir. Haqiqiy daxldorlik millat manfaati deb yashash, uning istiqboli, baxti va saodati yo‘lida mehnat qilish uchun kurashishdir. Daxldorlik erki va yurt ozodligi uchun hayotini tikkan kishini xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi.
3. Milliy g`oyaga dahldorlik hissini shakllantirishda oila, mahalla, ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining o`rni qanday?
Daxldorlik - insonning ota-onasi, qarindosh urug‘lari, tug‘ilib o‘sgan joygina emas, balki yoshlik davrlarni boshidan kechirgan, yugurib elib o‘yo‘nagan, sayr qilgan dalalar, cho‘milib yurgan soylar, daryolar, oromgox bog‘lar, tog‘lar, tabiat muhitdir. Demak, Vatanni sevmoq - kindik qoni tug‘ilgan joy tabiatini sevmoq uning uchun qayg‘urish ham demakdir. Daxldorlik - bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do‘stlar, bilim berib voyaga etkazgan o‘qituvchilardir. SHuning uchun ham inson qancha yoshga kirmasin, qaerda ishlamasin birinchi maktab, birinchi o‘qituvchi, maktabdoshlarini hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo xurmatizzat bilan qaraydi. Daxldorlik - bu o‘sib ulg‘aygan maxalla. Maxalla yoshlik davriniig eng yaxshi kunlari kechgan hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo‘lib kelayotgan qo‘ni-qo‘shni, do‘stu birodarlar maskanidir. Maxallaga hurmat, maxalla axli bilan doimo maslaxatli ish qilish, to‘y-tomoshalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni har bir inson o‘zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham maxalla axlining roli tobora kuchayib bormoqda. Daxldorlik - bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik qoni to‘kilgan joyga mexr-muxabbatda bo‘lish ayni vaqtda Daxldorlikga sadoqatli bo‘lish demakdir. Oila jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a’zolarini, ular tug‘ilgan va istiqomat qiladigan uy joyni e’zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini, tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Hap bir inson, o‘z oilasi, ota-ona, el-yurt tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol o‘yo‘naydi. Daxldorlik - bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o‘qiyotgan bilim yurti, ijtimoiy siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o‘rni katta. CHunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o‘tab, mutaxassis bo‘lib etishadi, ma’naviy kamol topadi, hayotda o‘z o‘rnini egallaydi, shuxrat qozonadi. Daxldorlik - bu har bir kishining yashab turgan qishloq, shahari, tumani, viloyati. SHuning uchun ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi, unga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi, mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi. Ularning gullab-yashnashiga, obodonligiga ko‘maklashadi. Daxldorlik - bu xalqimizning jannat misol makoni O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lmoqdir.

  1. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirishda nazariy va amaliyot birligining fhamiyatini tushuntirihg

YOsh avlodni daxldorlik ruhida tarbiyalashda urush va mehnat faxriylarining roli katta. Insonda yurtga, vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
YOshlarda daxldorlik his-tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda oila tarbiyasi katta o‘rin tutadi. Jamiyatning, davlatning, insonning kelajagi oiladan boshlanadi. Insonda yurtga, vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta.
Yüklə 16,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin