Iqtisodiyot ob’ektlari barqarorligini oshirishda muhandislik holatini baholash
Iqtisodiyot ob’ektlari barqarorligini oshirishda muhandislik holatini baholash "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi. Ushbu taraqqiyot strategiyasida mamlakatdagi davlatning iqtisodiy xavfsizligiga katta e'tibor qaratilgandir.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi - davlat xavfsizligini ta'minlovchi iqtisodiyot tizimining alohida elementi hisoblanib, jamiyat va davlatni iqtisodiy sohadagi ichki, tashqi tahdidlar va xavflardan. insonni hayotiy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishini ta'minlashda bank sektori muhim o'rin tutadi. Bank tizimi pul resurslarining katta qismini nazorat qiladi, ularning harakatini, taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini ta'minlaydi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning paydo bo'lishiga, uning rivojlanishiga yordam beradi. Bank tizimining asosiy funktsiyalarini lozim darajada bajarmaganligi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni buzadi va mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga asosiy tahdidlardan biri sifatida baholanadi.
Umumiy ma'noda bank tizimining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi - bu bank faoliyatining barqaror ishlashini ta'minlash uchun moliyaviy resurslardan eng samarali foydalanish, bank tizimi barqarorligiga ta'sir qiluvchi tahdidlarning oldini olish holati hisoblanadi.
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi - uning faoliyatining maksimal barqarorligiga erishish, shuningdek obyektiv va subyektiv tahdid omillaridan qat'iy nazar, bank tizimini rivojlantirish asoslari va istiqbollarini yaratishdir, kutilmagan moliyaviy holatlarning real sharoitida bu ayniqsa to'g'ri hisoblanadi. Bank sektorining ko'proq xavf-xatari bankning o'z resurslari va daromadlarini yo'qotishi yoki muayyan ishlarni amalga oshirish natijasida
qo'shimcha xarajatlar kelib chiqishi, moliyaviy operatsiyalar bilan bog'liqdir. Kredit va bank sektorining iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar xavfi xilma-xildir, biz ularni tashqi va ichki qismlarga bo'lib, o'rganishimiz mumkin.
1-jadval
Bank biznesining iqtisodiy xavfsizligiga tahdid turlari1
Tashqi tahdidlar Ichki tahdidlar
LMamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalaridagi o'zgarishlaridan kelib chiqadigan tahdidlar. 2.Noqulay bozor kon'yukturasi tufayli yuzaga keladigan tahdidlar 3.Bank sektoridagi korrupsiyaviy holatlar bilan bog'liq tahdidlar. 4.Global miqyosdagi jahon bozorlarini tebranishlari bilan bog'liq tahdidlar LBanklarning o'tkazilgan kredit siyosati riski bilan bog'liq tahdidlar 2.Bank menejmentining past sifati tufayli yuzaga kelgan tahdidlar. 3.Kredit tashkilotining likvidlilik faoliyatinin buzilishi bilan bog'liq tahdidlar 4.Bank qonunchiligining buzilishi bilan bog'liq tahdidlar
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi darajasi quyidagilar bilan belgilanadi:(biz ularni ba'zi ko'rsatkichlarini ko'rib chiqamiz)
1. Bank bozoridagi raqobat darajasi.
Bu borada O'zbekistonda qator ishlar amalga oshirilmoqda, hozirda 2023 yil 1 may holatiga mamlakatimiz bank bozorida faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklarining soni 34 taga etdi, shundan 2 ta tijorat banki "APEX BANK" va "HAYOT BANK" aksiyadorlik jamiyatlari 2023 yil mart oyida faoliyat ko'rsatish uchun lizensiyaga ega bo'ldi. Bank ishi nazariyasining asosiy masalalaridan biri bank bozorining optimal tuzilishi hisoblanadi. Bank bozorini strukturalash mezonlari operatsiyalar ob'ektlari, mijozlar guruhlari, bank faoliyati geografiyasi, banklarning konsentratsiyalashuv darajasi va boshqalar bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi 2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi PF-5992-sonli Farmoniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo'lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o'zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish belgilab berildi. 2023 yilda davlat ulushi yuqori bo'lgan yirik banklarni xususiylashtirish jarayonini mantiqiy yakuniga etkazish, xususan davlat ulushi mavjud banklar, Qishloq qurilish bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bankni aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankdagi transformatsiya jarayonlarining faol fazasiga o'tish belgilab berildi. Lekin shuni ta'kidlash lozimki, hozirda global
1 file:///C:/Users/hp/Downloads/ekonomicheskaya-bezopasnost-bankovskoy-sistemy%20(1).pdf
darajada banklar sonining umumiy qisqarishi kuzatilmoqda va boshqa moliyaviy institutlarning soni va turi ko'paymoqda.
2. Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sifatining darajasi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo'mitasi "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi Qonun talablari asosida tashkil qilingan va doimiy ravishda faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi. Ushbu Qo'mita tomonidan ruxsat berish tartiboti yo'nalishida banklar tomonidan kelishish uchun taqdim qilingan hujjatlarni, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish, kredit tashkilotlarini litsenziyalash, davlat reestridan chiqarish va dastlabki ruxsat berish hamda to'lov tashkilotlarini reestrga kiritish, shuningdek, vakolatxonani akkreditatsiya qilish va repo operatsiyasiga ruxsat berish bilan bog'liq masalalar ko'riladi. Moliyaviy holatni ko'rib chiqish bo'yicha esa, kredit tashkilotlarida prudensial me'yorlar talablarining bajarilishi yuzasidan masofaviy va joyida o'tkazilgan o'rganish natijalari, xususan, banklar faoliyatida mavjud xatarlar bo'yicha o'tkazilgan tematik o'rganishlar natijalari muhokama qilinadi.shu o'rinda aytish joizki, prudensial normativlarga rioya etilmagani, moliyaviy yo'qotishlarga qarshi zaxiralar yaratilmagani, moliyaviy holati to'lovga qobiliyatsiz bo'lganligi, hisobot ma'lumotlarini buzib ko'rsatish orqali Markaziy bankka haqqoniy bo'lmagan ma'lumotlar taqdim qilib kelinganligi sababli, Turkistonbank va Xay-tek banklardan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, qonunchilikda belgilangan muddatlarda o'z faoliyatini boshlamagani uchun "International Eco Pay", "Panda internet technology", "Ugnis" kabi to'lov tashkilotlaridan litsenziyalar chaqirib olindi.
3. Davlat bank tizimining kapitallashuv darajasi.
2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasi doirasidagi ustuvor yo'nalishlari sifatida banklarning kapitaliga qo'yiladigan minimal talablarni oshirish hamda davlat ulushi mavjud banklarning kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega strategik xorijiy investorlarni jalb qilish belgilangan.
2-jadval
Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi2
Ko'rsatkichlar nomi 01.04.2022 01.04.2023
mlrd. so'm ulushi, foizda mlrd. so'm ulushi, foizda
I darajali kapital 65 465 86,0% 75 223 85,8%
Asosiy kapital 65 270 85,7% 75 185 85,7%
Qo'shimcha kapital 195 0,3% 38 0,0%
II darajali kapital 10 677 14,0% 12 469 14,2%
Jami regulyativ kapital 76 142 100% 87 692 100%
2 https://cbu.uz/upload/medialibrary/04f/xz40kvjhrad5rrk7otjgimsys6pbb5ud/Asosiy_yunalishlar_2022.pdf
Kapital monandlilik darajasi 17,6% 17,2%
I darajali kapital monandlilik darajasi 15,2% 14,8%
Ushbu ma'lumotlardan ko'rish mumkinki, mamlakatimizdagi tijorat banklarining kapitallashuv darajasi ortib bormoqda.2022 yilda tijorat banklarining asosiy kapitalining hajmi 65 trln. so'mdan oshgan bo'lsa, 2023 yilning aprel oyiga kelib, ushbu ko'rsatkich 75 trln. so'mdan oshgan. Bu esa, ijobiy holat hisoblanadi.
4. Milliy valyutaning barqarorligi.
Oldingi davrlarda valyuta siyosatidagi cheklovlar, aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchsizligi, inflyasiyaning nisbatan yuqori darajasi, shuningdek, muqobil jamg'arma instrumentlarining kamligi banklarda depozitlar dollarlashuv darajasining yuqori bo'lishiga sabab bo'lgan. So'nggi yillarda iqtisodiyotda nisbatan yuqori real foiz stavkalarining ta'minlanishi, milliy valyuta kursining barqarorligi va milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan yuqori foiz stavkalari milliy valyutadagi depozitlarning ko'payishiga xizmat qilmoqda.
2023 yil davomida yalpi talabning susayishi va tartibga solinadigan narxlarning yuqori darajada oshirilmasligi iste'mol bozorlarida narxlar shakllanishiga pasaytiruvchi ta'sir ko'rsatsa, fiskal rag'batlantirish va tashqi omillar hisobiga valyuta kursiga bo'ladigan bosimlar narxlarga oshiruvchi ta'sirlarni yuzaga keltirishi mumkin. Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, bu yil inflyasiya darajasi 7-8 foiz atrofida bo'lishi prognoz qilinmoqda.