1.1. Bank faoliyati tahlilining asoslari va ahamiyati 1.2. Bank faoliyati tahlili fanining maqsad va vazifalari 1.3. Bank faoliyati tahlilining turlari
Har qanday tahlil kabi, banklar faoliyati tahlili jarayonida birinchidan, haqiqiy holat o‘rganiladi, ikkinchidan, haqiqiy holat normativ ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi uchinchidan, olingan natijalarga ta’sir etuvchi omillar va ular ta’sirining bank faoliyatiga ta’siri tahlil qilinib faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan bank boshqaruviga takliflar tayyorlanadi. Shunday ekan, Bank Boshqaruvi tomonidan bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun qabul qilinadigan qarorlari albatta bank faoliyati tahlil natijalariga asos lanadi.
Bank faoliyati tahlilining asoslari quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, bank balansi ma’lumotlari;
ikkinchidan, bank daromad va xarajatlari (moliyaviy natijalar) balansi;
uchinchidan, bank buxgalteriyasi analitik va sintetik hisob raqamlari ma’lumotlari
Bank aktivlari va resurs bazasi tahlilida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar
Bank faoliyati tahlilining maqsad va vazifalari
Bank faoliyati tahlilini amalga oshirishning bosh maqsadi, bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini himoyalash..
ikkinchidan, bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi.
uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.
to‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish Yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’min lashga erishish. To‘qqizinchidan, Bank imijini oshirishdan iborat. Bank imiji, uning jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan chambarchas ravishda bog‘liqdir.
Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan;
•kapitalning monandlik koeffitsiyentini; •bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; •yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori; •likvidlilik koeffitsiyentlari; •aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni; •qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; •ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi
Bank faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga bo‘linadi.
Bular birinchidan tashqi va ikkinchidan ichki tahlilga bo‘linadi.
Banklari tashqi tahlili asosan Markaziy bank, Tashqi auditor tashkiloti va Soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki tahlil odatda bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi.