6-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Sarfni o`lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o`rganish
Ishdan maqsad: Sarfni o`lchash vositalarining montajiga
tegishli variantlarni
o`rganish
Nazariy qism
Suyuqlik va gazlarning sarflarini tez, aniq va ekspress nazorat qilib borish doimo
dolzarb bo’lib kelgan. Sarflarni o’lchashda ko’p usullar mavjud bo’lib, biz gaz,
ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklarni o’lchashda ishlatiladigan usul
va qurilmalarni ko’rib chiqaylik.
Gaz va agressiv suyuqliklarni o’lchashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.Ulьtratovushli sarf o’lchagichlar;
2.Optoelektron nazorat usullari:
a. Integral soya usuli;
b.
Skanerlovchi soya usuli;
c. Yorug’likni o’tkazuvchi skanerlash usuli;
d. Nurni qaytishga asoslangan integral usul.;
e. Ko’p parametrli usullar;
3.Radiatsiali nazorat usullari:
a. Radiografik usul;
b. Radioskopik usul.
c. Radiometrik usul;
d. Ionizatsion sarf o’lchagichlar.
Ifloslangan, tez kristallanadigan
va agressiv suyuqliklar, tez o’zgaruvchan va
pul’slanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o’tkazmaydigan suyuqliklar sarfini o’lchashda,
induktsion sarf o’lchagichlarni ishlatib bo’lmagan hollarda, ulьtratovushli qurilmalardan
foydalaniladi. Sarf o’lchashning ulьtratovushli usuli trubaga nisbatan ulьtratovush
tezligining oqim tezligiga bog’liqligiga asoslangan. Tovush to’lqinining harakatdagi
muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi,
faqat tezligi bilan bog’liq bo’ladi. Sarf o’lchashning ulьtratovushli
printsipi shunga
asoslangan. Agar tovush to’lqini oqim yo’nalishida
harakat qilsa, ularning tezligi
qo’shiladi, tovush oqimga qarshi yo’nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ulьtratovushning
oqim bo’yicha va unga qarshi yo’nalishdagi tezligining farqi,
oqim tezligiga, binobarin,
oqayotgan suyuqlik sarfiga proportsional. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlarning ishlash
printsipi quyidagilarga asoslangan:
ulьtratovushning oqim bo’ylab va unga qarshi yo’nalishdagi vaqt tafovutini o’lchash; 2)
ulьtratovush tebranishlarining oqim bo’ylab va unga qarshi yo’nalishdagi tebranishlari
fazalarining siljishini o’lchash; 3) avtotebranishlar sxemasi
vujudga keltirgan va shu
bilan birga oqim bo’ylab, hamda unga qarshi yo’nalishda hosil qilingan ulьtratovush
tebranishlari chastotasining ayirmasini o’lchash.
1.1-rasm.
Ulьtratovushli sarf o’lchagichlardan birining tuzilish sxemasi 1.1- rasmda ko’rsatilgan.
Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo’yicha ishlaydi.
Ulьtratovushli sarf o’lchagichlari quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG –
ul’tratovush generatorining ta’minlash manbai, NO’2 – nurlanuvchi o’zgartirgichlar; QP1
va QP2 – qabul qiluvchi P’ezoo’zgartirgichlar; FQ- faza o’zgartiruvchi qurilma, fazaviy
siljishlarni o’zgartirgichlar kanali asimmetriyasi yo’li bilan bartaraf etadi; K – elektron
kuchaytirgich va O’A- o’lchash asbobi. O’lchash asbobi sarf birligida darajalanadi.
Ulьtratovush Impul’slari truboprovod o’qiga
shunday burchakda yuboriladiki,
ularning bir kanaldagi yo’nalishi oqim yo’nalishiga mos kelsin, ikkinchi kanaldagi
yo’nalishi esa, oqimga qarshi boradi. Suyuqlik harakatsiz bo’lgan paytda, Impul’sni D
masofaga uzatish vaqti:
=
,
Ca
D
bu yerda,
- Impul’sni
uzatish vaqti, s; Sa - suyuqlikdagi tovushning tarqalish tezligi,
m/s.
Agar suyuqlik
tezlikda harakat qilsa, yo’nalishdagi tovushning tarqalish tezlik
komponenti
sos
kabi ifodalanadi. Impulьsning nurlanuvchi manbalar orasidagi oqim
yo’nalishida tarqalishi:
1
=
;
cos
V
C
D
a
oqimga qarshi yo’nalishda tarqalishi;
2
=
;
cos
V
C
D
a
ikkala kanaldagi chastotalar farqi:
,
cos
D
- chastotalar farqi, Gts:
- suyuqlikda to’lqinlarning tarqalish burchagi.
SHunday qilib, suyuqlik harakatining tezligini ko’rsatuvchi
chastotalar farqi shu
tezlikka bog’liq. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlarni ishlatish, sarfni kontaksiz o’lchashni
ta’minlaydi va boshqa usullarni qo’llab bo’lmagan hollarda foydalaniladi. Murakkabligi
tufayli bu asboblar keng tarqalmagan. Ularning katta kamchiliklari: asbob ko’rsatishiga
o’lchanayotgan muhitning fizika- ximiyaviy xossalarining o’zgarishi, hamda muhitning
temperaturasi ulьtratovush tezligiga ta’sir etadi.