LABORATORIYA ISHI №4 SUYUQLIKNING SIRT TARANGLIK KOEFFITSIENTINI TOMCHI USULI BILAN ANIQLASH Ishning maqsadi: Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlashni o’rganish. Sirt taranglik koeffitsiyentini hamma suyuqliklarda bir xil emasligini tajribada aniqlash.
Kerakli asbob va qurilmalar: Elektron (JW-1) tarozi, stakan, ingichka uchli idish, shtativ, har xil turdagi suyuqliklar va yordamchi aslahalar.
Nazariy qism
Suyuqlik sirtidagi molekulalarga ichki molekulalar tomonidan suyuqlik ichiga yo’nlagan kuch ta’sir qiladi. Shuning uchun suyuqlik sirtida sirt tarangligi hosil bo’lib u doim suyuqlik yuzasini qisqartirishga intiladi. Ayni paytda suyuqlikka shu sirtni saqlab turuvchi sirt taranglik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchning kattaligini quyidagicha tasvirlash mumkin:
(1) Bunda Lsirt peremetri; α sirt taranglik koeffitsiyenti. Sirt taranglik koeffitsiyenti deb sirtning birlik chegarasiga to’g’ri keladigan kuchga aytiladi va u N/m da o’lchanadi. Faqat bitta tomchi uchun sirt taranglik koeffitsiyentini topishda α·L kuch bitta tomchining og’irlik kuchiga tenglashadi.
(2) Bunda m0 bitta tomchining massasi L suyuqlik tomadigan kapilyar nay uchining ichki aylanasi uzunligi, ya’ni parametri. Bitta tomchining massasi m0 ni topish uchun n ta tomchining massasio tomchilar soniga bo’linadi.
(3) Shunday qilib, kapilyarlarning ichki perimetri L=πdekanligini hisobga olsak, (12.2) ni quyidagicha yozish mumkin:
(4) Bunda suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti α topiladi.
(5)
Qurilma og’ir taglik (5) ning vertical ustunchasiga (4) tik mahkamlangan ventilli kapillyar idish (1) va stakan yoki menzurkadan (3) tashkil topgan. Ventil (2) ochilganida suyuqlik stakanga tomchilab tushadi. Tomchilar soni sanaladi. So’ngra stakandagi suv elektorn tarozida o’lchanadi. Tarozi ko’rsatishidan stakan massasiga ayirib tashlab oqib tushgan suyuqlik massasi topiladi. Yuqoridagi o’lchashlar har xil turdagi suyuqliklar bilan takrorlanadi. Tajribada topilgan natijalar asosida suyuqliklarning sirt taranglik koeffitsiyenti hisoblanadi.