4-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:
TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMLARI,
BOSHQARISH MEXANIZMLARI, YORDAMCHI VA ISH JIHOZLARI
1.Ishning maqsadi:
Traktor yurish qismlarini tuproqqa ko‘rsatadigan salbiy
ta’sirlarini va tuproqning zichlanishini kamaytirish yo‘llarini, rul boshqarmasi va
tormozlar, traktor va avtomobillarning boshqarish mexanizmlarini o‘rganish.
Qishloq xo‘jaligi mashinalarini traktorga
ulash qurilmasining vazifasi, tuzilishi va
ish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2.Kerakli jihozlar:
Ko‘rgazmali qurollar, traktorning
tirkash qurilmalari,
o‘quv filmlari, adabiyotlar.
3.Ishni bajarish tartibi:
A) Traktor va avtomobillarni yurish qismlari
Traktor yurish qismi o‘zining og‘irligini va ortilgan yuk, ya’ni o‘rnatilgan
mashina yoki qurolning og‘irliklarini erga uzatadi
hamda uning ilgarilanma
xarakatini ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarning yurish qismi asosan
g‘ildirakli va zanjirli (lentali) turlarga bo‘linadi.
G‘ildirakli traktorlarning yurish qismi g‘ildiraklardan
(12-rasm)
iborat
bo‘lib, u gupchaq 6, disk 5 va to‘g‘in 3 dan iborat. Gubchak 6 shpilka va gaykalar
bilan yarim o‘qqa 7 mahkamlanadi. To‘g‘in 3 ga pnevmatik shina o‘rnatilib, u
pokrishka 1, kamera 2, ventil 4 to‘g‘in lentasidan iborat. G‘ildirak to‘g‘ini
traktorlarda botiq (chuqur) ko‘rinishda bo‘ladi.
12-rasm. G‘ildirakli traktorning
etakchi g‘ildiragi:
1- pokrishka; 2- kamera; 3- to‘g‘in;
4-ventil; 5- disk; 6-gubchak;
7- yarim o‘q
Traktorlar uch g‘ildirakli yoki to‘rt g‘ildirakli bo‘lishi mumkin. Uch
g‘ildirakli
traktorlar kalta burila oladi, bu esa qayrilish uchun ensizroq joy
qoldirishga imkon beradi, to‘rt g‘ildirakli traktorning burilish radiusi katta bo‘ladi.
Traktorning oldingi va ketingi g‘ildiraklari etakchi bo‘lsa,
uning er bilan
tishlashishi yaxshilanadi va yumshoq erda kamroq sirpanadi.