Oddiy tasmali tormoz
(20.8-rasm,
a
) tasmasi (
6
) ning bir uchi barmoq va
rostlovchi tortqi (
2
) vositasida karterga, ikkinchi uchi richag va tortqilar orqali
tormoz tepki (
1
) ga biriktirilgan. Tepki bosilmaganda tasma prujina (
3
) bilan
tortilib, shkivga tegmaydi va salqimasligi uchun rostlash bolti (
4
) ga tegib turadi.
Tepki bosilganda tasma (
6
) tortilib, shkivga ishqalanadi va uni to‘xtatadi. Oddiy
tormoz tasmasining bir uchi qo‘zg‘almaydi, shuning uchun shkiv bir tomonga
(strelka bilan ko‘rsatilgan tomonga) aylanganda yaxshi tormozlanadi, teskari
tomonga aylanganda (masalan, traktor orqaga yurganda) kuchli tormozlanmay,
tepkini qattiqroq bosish kerak bo‘ladi.
Erkin tasmali tormoz
(21-rasm,
b
) tasmasi (
6
) ning ikkala uchi uch yelkali
richag (
7
) va tortqi orqali tormoz tepki (
1
) ga bog‘langanligi uchun ikkala uchi
ham tortilishi mumkin. Shkiv (
5
) qaysi tomonga aylansa, tasma (
6
) ning o‘sha
tomondagi uchi qo‘zg‘almaydi, shuning uchun ikkala tomonga aylanganda ham
baravar kuch bilan tormozlanaveradi.
Tasma bilan shkiv orasidagi tirqish tormoz tepkining yurish yo‘liga qarab
rostlanadi, buning uchun tasmaning bir uchida rostlash gaykasi bor.
Diskli tormoz
(22-rasm) aylanuvchi valga o‘rnatilgan tormoz diski va unga
ishqalanib tormozlovchi harakatlanmaydigan disk yoki kolodkalardan iborat.
Dasta bilan boshqariladigan bir diskli tormoz (20.9- rasm,
a
) quyidagicha tuzilgan.
Transmissiya vali (
5
) ga mahkamlangan tormoz diski (
5
) ning ikki yoniga friksion
qoplamali kolodkalar (
3
) o‘rnatilgan. Dasta (
1
) tortilganda kolodkalar disk (
5
) ga
siqilib uni tormozlaydi, bunda siqilgan holda o‘rnatilgan prujina (
2
) yana siqiladi.
Dasta bo‘shatilishi bilan kolodkalar prujina kuchi ta’sirida kerilib, diskdan
uzoqlashadi, transmissiya vali (
4
) tormozlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: