Nazorat savollari:
1.
Qanday hollarda tuproqning zichligi ortadi?
2.
Tuproq zichlanishining salbiy oqibatlariga nimalar kiradi?
3.
Tuproq zichligini kamaytirish uchun qo‘llaniladigan tadbirlarni ayting?
4.
Traktor va avtomobil rul boshqarmasining vazifasi, tuzilishi va qanday
ishlashini tushuntirib bering.
5.
Traktor va avtomobil qanday buriladi? Mashina burilganda nima uchun
g‘ildiraklari sirpanmaydi?
6.
Rul mexanizmining gidravlik kuchaytirgichi qanday yengillik tug‘diradi,
uning ishlash prinsipi nimaga asoslangan?
7.
Boshqariladigan g‘ildiraklar va burilish sapfalari qanday o‘rnatiladi? Noto‘g‘ri
o‘rnatilsa, qanday qiyinchiliklar tug‘iladi?
8.
Traktor va avtomobil tormozlari nima uchun kerak? Tormozlash mexanizmlari
va tormoz yuritmalarining turlarini so‘zlab bering.
9.
Tasmali, diskli va kolodkali tormozlarning tuzilishi va ishlashini tushuntirib
bering.
10.
Qaysi qishloq xo‘jaligi mashinalari traktorlarga uch nuqtali ulash qurilmasi
bilan biriktiriladi? Bu usulning kamchiligini izohlang.
11.
Qaysi qishloq xo‘jaligi mashinalari traktorlarga ikki nuqtali ulash qurilmasi
bilan biriktiriladi? Bu usulning kamchiligini izohlang.
12.
Osma va tirkalma mashinalarning bir-biridan afzalligi va kamchiliklarini
tushuntiring?
Dostları ilə paylaş: |