Traktor va avtomobillarning tormozi
Tormoz mashinaning harakat tezligini sekinlashtiradi, to‘xtatadi va
to‘xtatilgan holatda saqlab turadi hamda keskin
burishga imkon beradi
(traktorlarda). Traktorni to‘xtatilgan holatda qo‘zg‘atmasdan turg‘izish undan
statsionar ishda foydalanish uchun ham zarur.
Traktorlarda kuch uzatish qismi mexanizmlari (oxirgi
uzatma va boshqarish
mexanizmlarining vali, shkivi va barabanlari) tormozlanadi. Avtomobillarda,
asosan, yetakchi va boshqariluvchi g‘ildiraklar,
yuk avtomobillarida esa
qo‘shimcha ravishda transmissiya mexanizmi (kardan val) ham tormozlanadi.
Traktor va avtomobilning tormozlash tizimi tormoz mexanizmi va tormoz
yuritmasidan iborat.
Tasmali, diskli va kolodkali tormoz mexanizmlari bo‘ladi.
Tasmali tormoz,
asosan, traktorlarda, diskli tormoz traktor va avtomobillarning ba’zilarida,
kolodkali
tormozlar esa, deyarli barcha avtomobillarda va ba’zi traktorlarda
qo‘llaniladi.
Tormozni harakatga
keltirish uchun mexanik, gidravlik va pnevmatik
yuritmalar qo‘llaniladi. Barcha traktorlarning tormozlari va avtomobillarning qo‘l
tormozi mexanik yuritmali bo‘ladi. Gidravlik yuritma
yengil avtomobillarda va
yuk avtomobillarida, pnevmatik yuritma ba’zi yuk avtomobillarida qo‘llaniladi.
Tormoz yuritmalarining gidravlik-vakuum kuchaytirgichlari gidravlik yuritmalarni
yana ham takomillashtirishga
imkon beradi, ular keyingi vaqtlarda kengroq
qo‘llanila boshlandi.
Tasmali tormoz
(21-rasm) valda aylanuvchi shkiv (
5
) ni o‘rab
turadigan
tasma (
6
), bo‘shatuvchi prujina (
3
) va harakatga keltiradigan tepki (
1
) dan iborat.
Ishqalanish kuchini oshirish uchun tasmaning shkivga tegadigan sirtiga friktsion
qoplama mahkamlangan. Oddiy va erkin tasmali tormozlar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: