TAQRIZ
“Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar” fanidan ishchi dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta`limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yicha) yo`nalishi bo`yicha O`quv metodik birlashmasining 2021-yil “23”avgustdagi 2-sonli majlis bayoni bilan ma`qullangan. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Oliy va o`rta maxsus, kasbhunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021-yil 30-avgustdagi 5-son yig`ilishida ma`qullangan va Vazirlikning 2021-yil 30-avgustdagi 375-son buyrug`i bilan tasdiqlangan “Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar” fani namunaviy dasturi asosida Qo'qon avtomobil va yo'llari texnikumining maxsus fanlar kafedrasida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda neftdan olinadigan yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobillar ekplutatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik-kimyoviy xossalarini ishlash sharoitiga qarab o’zgarishini va sifatini dvigatelg’ ishiga tahsiri, shuningdek, bu materiallardan texnikada oqilona foydalanish va meyorlash haqidagi bilimlarni shakllantirish bo’yicha dastlabki bilim, ko’nikmalarni shakllantirish maqsad qilib qo'yilgan.
Ushbu ishchi dasturi ta'lim oluvchilarda rejada ko'rsatilgan 40 soat davomida malaka talabida belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, foydalanishda zarur bilim, ko’nikmalarni shakllantirishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan.
Ishchi dasturda o'quvchilar o’quv fanini o'tgach quyidagi: yonilg’i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarning hozirgi davrdagi holati va kelajakda rivojlanishi, yonilg’i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarni muayyan foydalanish sharoitlariga moslashuvini, tarmoqning kelgusida rivojlanish yo’nalishlarini va shu jumladan O’zbekistonda rivojlanishini, turli xil neft mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik mazmunini, avtomobillar ekplutatsiyasida yonilg’i-moylash materiallari va texnik suyuqliklarning ahamiyatini, yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni fizik-kimyoviy xossalarini avtombil ishlash sharoitiga qarab o’zgarishini va sifatini dvigatel ishiga tahsirini bilishi bo’yicha bilim, ko'nikmalariga ega bo'lishlari ko'rsatib o'tilgan.
O’quv fanini o’zlashtirish uchun o'quvchi avtomobillar tuzilishi va ularga TXK, transportlarda yuk va yo’lovchi tashish fanlaridan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab etiladi.
Ishchi dasturda keltirilgan ma'lumotlar amaldagi normativ huquqiy hujjatlar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.09.2019 yildagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, PF-5812-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7 avgustda "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 466-sonli qarori, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 4 sentabrda “Professional ta'lim muassasalari uchun o'qitish materiallari to'plamlarini yaratishni tashkil etish to'g'risida”gi 465-son buyrug’iga, malaka talablariga mos holda bayon etilgan. Shuningdek, o'quv fani bo'limlari va mavzularini o'qitish ketma-ketligi ochib berilgan, o’qitish jaroyonida innovatsion yondashuvga asoslanib o’quvchilarga topshiriqlar berishda “Aqliy hujum”, "Boshqotirmalar usuli", "Idrok xaritasi", “Qanday?”diagrammasi, “Mashq” usuli kabi innavatsion usullaridan mavzuga mos holda o'rinli foydalanilgan.
Ushbu ishchi dastur Qo’qon avtomobil va yo'llar texnikumining 5.82.01.02 – Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobil transporti) kasbi o'quv guruhlarida “Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar” fanidan o'quv mashg'ulotlarini tashkillashtirish va yillik taqvimiy-mavzu ish rejasini ishlab chiqishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Farg'ona yo'llardan muntazam
foydalanish unitar korxonasi rahbari: B.Raxmonov
Dostları ilə paylaş: |