Mavzu: Qattiqqanotlilar turkumi vakillari
Reja:
2.1 Qattiq qanotlilar turkumi vakillarining xilma-xilligi, biologiyasi va ahamiyati.
2.2. O’zbekistonda qattiqqanotlilar faunasini o’rganish borasida qilingan ishlar.
2.3. G’o’za agrozenozida tarqalgan qattiq qanotlilar faunasining tur tarkibi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Qattiqqanotlilar turkumi vakillari
G’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan rejadagi hosilni olishda yuksak agrotexnika va boshqa choralar qo’llash bilan birga ularni zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish zaruriy va o’ta muhim omillardan biridir. Buning uchun ilmiy-texnikaviy izlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga muntazam ravishda joriy qilib borish lozim. O’zbekiston jahondagi paxta yetishtiradigan asosiy davlatlardan biri. Respublikamiz agrar sohasi olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan va qishloq xo’jaligida foydalanish uchun qabul qilingan tavsiyalarning mavjudligiga qaramasdan, ularga to’la amal qilmaslik oqibatida, qishloq xo’jaligiga zararkunanda va kasalliklardan ko’riladigan zarar hamon ko’zatilmoqda. Paxtachilikda zamonaviy dehqonchilikni qo’llash imkoniyatini beradigan asosiy yo’nalishlardan biri, o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan, uyg’unlashtirilgan kurash majmuasi bo’lib u agrotexnik, kimyoviy va boshqa davr talabiga javob bera oladigan kurash usullarining yig’indisidan iboratdir.
Uyg’unlashtirilgan kurash majmuasi va ilmiy asoslangan almashlab ekish, kimiyoviy vositalarni nihoyatda kam ishlatish imkonini bera oladigan tashkiliy-xo’jalik tadbirlari zararli organizmlar miqdorini kamaytiribgina qolmay balki ularni iqtisodiy zararlash darajasidan past holda saqlanishini ta’minlay oladigan, tabiiy kushandalarni va tabiat musaffoligini saqlay oladigan chora tadbirlarni o’z ichiga oladi, pirovardida yuqori va sifatli hosil etishtirishga imkon beradi[19].
Bularning barchasi zararkunanda, kasallik va begona o’tlar rivojlanishini, ular miqdorini hamda o’simliklarning rivojlanishini ham oldindan bilishga asoslangan bo’lishi kerak.
O’zbekistonning turli iqlim mintaqalarida o’ziga xos zararkunanda va ularning tabiiy kushandalari, kasalliklar va antogonistlar majmui mavjud. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda quruq iqlim sharoitida moslashgan zararkunanda
va kasallik turlari ustunlik qilsa, o’zlashtirilib madaniy ekinzorlarga aylantirilgan maydonlar va ular atrofidagi begona o’simliklarda nam iqlim sharoitiga moslashgan zararkunanda va kasalliklarning turlari ustunlik qiladi. G’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari hasharotlar majmui yangi yashash sharoitlarida birinchidan, mahalliy mezofil, chegaralangan ozuqalar bilan ovqatlanuvchi va hammaxo’r turlar hisobidan, ikkinchidan esa eski o’zlashtirilgan yerlarda hayot kechiruvchi turlar hisobidan vujudga keladi. G’o’zani zararkunandalardan va kasalliklardan uyg’unlashtirilgan himoya qilishning ayrim jihatlari turli mintaqalarda mahalliy sharoitda moslashgan holda o’zgarishi tabiiydir.Keyingi vaqtlarda tabiiy muhitda antropogen omillarning ta’siri natijasida g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarida ixtisoslashgan zararkunanda hasharotlarning turlar tarkibi bir muncha o’zgardi. Uzoq yillardan buyon o’simliklarga zarar yetkazib kelayotgan zararkunandalar o’rniga yangilari paydo bo’lsa ajab emas. Zararli qandalalar ana shunday zararkunandalardan bo’lib, tabiatda ularning tabiiy entomofaglari juda kam va bu ularga qarshi biologik usulda kurashni ancha qiyinlashtiradi. Respublika sharoitida bunday zararkunandalarga qarshi o’z vaqtida kurash olib borilmasa, yiliga hosilning 25-30 foizi va undan ham ko’prog’i yo’qotilishi mumkin.O’simliklarni himoya qilish bilan birgalikda atrofmuhitni zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish muammosi ham diqqat markazida turadi. Ilmiy – texnika taraqqiyoti sharoitida bu muammolarni hal qilishda o’simliklarni himoya qilishning uyg’unlashgan usullarini qo’llash, biologik usullarni keng joriy qilish va zaharli kimyoviy moddalarni ishlatishni eng kam miqdoriga yetkazishga e’tiborni qaratish hal qiluvchi rol o’ynaydi. g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining havfli zararkunandalaridan bo’lgan qandalalar turkumiga kiruvchi hasharotlarning biologik-ekologik tavsifini, ularning ahamiyatini, o’simliklar
zarar keltirish darajasini, ularni hisobga olish usullarini, ularga qarshi ekologik jihatdan zararsiz bo’lgan biologik usullarda kurashni yoritishga bag’ishlanadi.
Yarim qattiq qanotlilar turkumiga tashqi ko’rinishi xilma-xil, og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan, ko’proq quruqlikda va qisman suvda hayot kechirishga moslashgan hasharotlar kiradi. Burtlari 4-5 bo’g’imli. Oldingi qanotlari ko’pincha bir xil tuzilmasdan, yarim qattiq ust qanotlar tashkil qiladi; uchli tomoni pardasimon, boshqa qismi esa terisimon. Ba’zan qanotlari kaltalashgan yoki bo’lmaydi. Ba’zi turlari yetuk zotlarining orqa ko’kragi yaqinida qo’lansa hid chiqarish bezlari yo’li bor.O’simlikxo’r turlari hujayralar shirasi, yirtqichlari esa o’lja tanasining suyuqligi va nihoyat parazitlari qon so’rib oziqlanadi.Xartumchasi bo’g’imlarga bo’lingan, ya’ni pastki labi 3-4 bo’g’imdan iborat. Oldingi qanotlari bir xil emas, xartumchasi boshqacha joylashgan, old yelkasi rivojlangan.Yarim ust qanot yoki ust qanot deb ataluvchi oldingi qanotlarining tuzilishi juda o’ziga xos. Yarim ust qanotning tuzilishi qandalalar klassifikatsiyasi va diagnostikasida muhim ahamiyatga ega. Qandalalar uchun ust tomonidan old yelka bilan qoplangan oldingi ko’krak qismining yaxshi rivojlanganligi xarakterli hisoblanadi. O’rta ko’krak qismi ko’krakning boshqa qismlari bilan harakatchan birikkan.Oyoqlari yuguruvchi, yuruvchi yoki suzuvchi (suv qandalalarining orqa oyoqlari) ham bo’lishi mumkin. Qandalalarning qo’lansa hid chiqaruvchi bez yo’li yetuk zot va lichinkalarda turli qismida joylashgan. Yetuk zotlarda orqa ko’krak va orqa toschalarga yaqin joyda, lichinkalarda esa qorinchaning ba’zi tergitlari oralig’ida ochiladi. Qo’lansa hid himoyalanish ahamiyatiga ega bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi.Qandalalar biologik va ekologik jihatdan turli-tuman. Ko’pchiligi quruqlikda, anchagina turlari esa suvda yashaydi. Quruqlikda yashovchilarning ba’zilari o’simliklar sirtida, boshqalari po’stloq ostida, xas-xashaklar orasida yoki tuproq ichida va hokazo yerlarda uchraydi. Suv qandalalari o’rtasida suvda (masalan, silliq tanlilar — Notonectidae) va suv betida (masalan, suv odimchilari — Hydrometridae) yashovchilar bor. Qandalalarning juda ko’p turi o’simlikxo’r hisoblanadi. Lekin yirtqich turlari ham kam emas. Masalan, hasharotlar va boshqa umurtqasizlar qoni bilan oziqlanuvchi suv qandalalari va yirtqichlar
Dostları ilə paylaş: |