Mutlaq ustunlik nazariyasi



Yüklə 24,34 Kb.
səhifə1/5
tarix23.04.2023
ölçüsü24,34 Kb.
#101747
  1   2   3   4   5
Mutlaq ustunlik nazariyasi


Milliy xo‘jaliklaming xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok yetishi, ulaming shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolaming uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalaming shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng awalo mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok yetishi zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy an- dozasidan jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok yetishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qo‘yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A. Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlami eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko‘ra, A. Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoi- tining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslaming mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo'ladi. Shunga ko‘ra, mahsulotlaming barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ulaming ba’zilarini ustunlikka ega bo‘lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakataing o‘zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi. A. Smit nazariyasi bo‘yicha har bir mamlakat o‘zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovami eksport qilib, ularga nisbatan ko‘p sarf talab qiladigan tovarlami import qilish foydalidir.

Yüklə 24,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin