Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D. Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A. Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlib> nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlami ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o‘zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Mazkur nazariyaga ko‘ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo‘shimcha ustunlikka ega bo'Iishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega bo‘lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlaming xarajatlaridan past bo‘lishi shart emas. D. Rikardoning fikricha, mamlakat o‘zida qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlami ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o‘zaro taqqosla- nadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko‘rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o‘rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi.
Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasawur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko‘rib chiqamiz
Turli mamlakatlarda sement va ganj ishlab chiqarish xarajatlari
Mamlakat
50 kg sement ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun