Makroiqtisodiyot A. Smit mutlaq ustunlik nazariyasi



Yüklə 37,76 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#161420
...Makroiqtisodiyo-WPS Office

Makroiqtisodiyot

A.Smit mutlaq ustunlik nazariyasi

Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.

SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.

Vallyuta kursi

Valyuta kursi — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining xarid qobiliyati, shuningdek xalqaro toʻlov vositalari (masalan, SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va boshqa omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash) asosida belgilanadi. Ularning xarid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshqa siyosiy sabablar taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi.

Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida chegaralangan).[1]

valyuta kursi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat va ularda amalga oshirilayotgan pul-kredit, shu jumladan kurs siyosati, tashqi bozorlardagi kon’yunktura hamda respublikaga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, tashqi qarzning qaytarilishi borasida bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning dinamikasi kiradi.

Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir


Muomaladagi naqd pullar Mo agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi.
M1 – muomaladagi naqd pul mablag‘lari (ya’ni, Mo agregati), korxonalarning hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, sug‘urta kompaniyalari mablag‘lari, aholining tijorat banklaridagi “talab qilib olingungacha” hisobvaraqlaridagi depozitlari.

M2 – M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.

M 3 – M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari.

M 4 – M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar.


Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin