6-Mavzu: Kreditning turlari va shakllari



Yüklə 48,23 Kb.
səhifə1/8
tarix05.12.2023
ölçüsü48,23 Kb.
#172613
  1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Kredit shakllari


6-Mavzu: Kreditning turlari va shakllari.
Reja:

  1. Kreditning turlari.

  2. Kreditning shaklari.

1. Kreditning turlari.
Kredit o‘zining bir qancha belgilariga ko‘ra turlanadi:
I) muddatiga ko‘ra kredit 3 turga bo‘linadi:

  1. qisqa muddatli kreditlar

  2. o‘rta muddatli kreditlar

  3. uzoq muddatli kreditlar

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qisqa muddatli kreditlar deganda 1 yilgacha muddatga berilga kreditlar tushuniladi. O‘rta muddatli kreditlar deganda 1-3 yilgacha muddatda, uzoq muddatli kredit 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar tushuniladi. Lekin ayrim mamlakatlarda kreditlarning muddatlariga ko‘ra farqlanish mavjud. Masalan, AQShda 1-8 yilgacha berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliy institutlarida 1-5 yilgacha muddatda berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘rta muddatli kreditlar 2004-yilda bekor qilingan. 1yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa, 1 yildan ortiq muddatga berilgan kredit uzoq muddatli kredit hisoblanadi.
II) ta’minlanganligiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:
a) to‘liq ta’minlangan kreditlar, bunda kreditning ta’minoti kreditning asosiy qarz summasi va uning foizini qoplashga yetadi;
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki talabi bo‘yicha ta’minot miqdori kredit summasiga nisbatan 125 foiz ni tashkil etishi kerak.
b) qisman ta’minlangan kreditlar, bunda kreditlarning ta’minoti kreditning asosiy summasi va foizini qoplashga yetmaydi;
c) ta’minlanmagan kreditlar, bu kreditlar ishonchli yoki blankli kreditlar deyiladi. Bu kreditlar yuqori darajada to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ishonchli mijozlarga beriladi.
III) kredit bahosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) arzon kreditlar, bu kreditlarning foiz stavkasi ssuda kapitali bozorida shakllanadigan foiz stavkasidan past bo‘ladi;
b) qimmat kreditlat, bu kredtilarning foiz stavkasi ssuda kapitali bozorida shaklalangan foiz stvakasidan yuqori bo‘ladi;
Risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, kreditning foizi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
c) tekin kreditlar, bu kreditlarning foizi yo‘q.



  1. tarmoq xususiyatiga ko‘ra kreditlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. sanoat krediti;

  2. savdo krediti;

  3. qishloq xo‘jaligi krediti va boshqalar.

V) takror ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlariga xizmat etishiga ko‘ra kreditning turlari mavjud:
1) kredit ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash maqsadida xomashyo va materiallar hamda ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun beriladi;
2) kredit mahsulotni sotish jarayonini moliyalashtirish uchun beriladi;
3) kredit iste’mol jarayonida ham ishtirok etadi.
VI) kreditlash obektiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) xomashyo va materiallar sotib olish uchun beriladigan kreditlar;
2) ishlab chiqarish vositalarini sotib olish maqsadida beriladigan kreditlar;
3) ishlab chiqarish xarajatlari uchun beriladigan kreditlar. Masalan, qishloq xo‘jaigida paxta, g‘alla, sholi kabi ekinlarni yetishtirish uzoq davr va katta xarajat talab qiladi. Kreditlar ana shu xarajatlarni moliyalashtirish uchun beriladi.
4) to‘lov aylanmasidagi uzluksizlikni qoplash uchun beriladiga kreditlar.
Masalan, korxonalarning joriy hisobraqamlariga mablag‘lar kelib tushish vaqti bilan to‘liovni amalga oshirish vaqti o‘rtasiadagi nomuvofiqlik yuzaga kelsa to‘lov aylanmasida uzilish sodir bo‘ladi. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz joizki davlat budjeti ijrosi paytida ham uzilishlar yuzaga keilishi mumkin.
VII) davlat budjeti defitsitini qoplash maqsadida beriladigan kreditlar.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda.

  1. Qisqa muddatli kreditlash;

  2. Uzoq muddatli kreditlash.

Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham, bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:
* tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
* ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;
* hisobkitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv ochilganda, tayyor mahsulotni jo‘natganda va boshqa hollarda).
2. To‘lash muddatiga qarab:
* muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o‘tib ketgan kreditlar.

  1. Kreditni to‘lash manbalariga qarab:

* qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan;
* grant mablag‘lar hisobidan;
* yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.

  1. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:

* to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar;
* egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar;
* ta’minlanmagan kreditlar.

  1. To‘lanadigan foiz darajasiga qarab:

* o‘rtacha (normal) foiz stavkali;
* yuqori foizli;
* past foiz stavkali;
* foizsiz kreditlarga bo‘linadi.
Uzoq muddatli kreditlashda, kreditlar bir yildan ortiq muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq sohalarni ta’minlashda ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo‘yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo‘jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
– qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
– harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun;
– yangi qurilish va qo‘shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun;
– yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqotlar olib borish va yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda qo‘llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, iste’mol krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir necha bo‘laklarga bo‘linishi mumkin.

Yüklə 48,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin