Baliqchilik tarmog`ida beriladigan imtiyozlar Annotatsiya



Yüklə 19,83 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü19,83 Kb.
#119619
  1   2
Maqola baliqchilik


Baliqchilik tarmog`ida beriladigan imtiyozlar


Annotatsiya: Ushbu maqola baliqchilik tarmog`idagi o`zgarishlar, baliqchilikda beriladigan imtiyozlar to`g`risida. Shuningdek, maqolada baliqchilikning rivojlanishi uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Baliqchilik, suv havzalari, baliqchilik xo’jaliklari, “O’zbaliq” korporasiyatsi, yopiq aylanma suv qurilmalari, intensiv basseynlar, suv qurilmalari, investitsion loyihalar, moddiy texnika bazasi, kredit, Kredit byurosi.
Аннотация: В этой статье речь идет об изменениях в рыболовной сети, привилегиях, предоставляемых при ловле рыбы. В статье также содержатся предложения и рекомендации по развитию рыбного хозяйства.
Ключевые слова: Рыбное хозяйство, водохранилища, рыбное хозяйство, корпорация «Узбалик», замкнутые водные объекты, интенсивные бассейны, водные объекты, инвестиционные проекты, материально-техническая база, кредит, Бюро кредитных историй.
Annotation: This article is about the changes in the fishing network, the privileges given in fishing. The article also contains proposals and recommendations for the development of fisheries.
Key words: Fisheries, reservoirs, fisheries, "Uzbaliq" corporation, closed circulation water facilities, intensive pools, water facilities, investment projects, material and technical base, credit, Credit Bureau.
BALIQCHILIK — xalq xo’jaligining suv havzalarida baliq zahirasini ko’paytirish va sifatini yaxshilash bilan shug’ullanuvchi sohasi; baliq o’stirish tadbirlari (baliqni sun’iy usulda ko’paytirish va uni yangi sharoitga o’rgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash) ning biologik asoslarini va asosiy baliq o’stirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar) ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchilik tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sun’iy hovuz baliqchiligiga bo’linadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sun’iy urchitiladi, baliqpar tuxum qo’yadigan va yosh baliqchalar o’sadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qo’yadigan joylari tozalanadi, Daryo to’g’onlariga baliq yo’li yasaladi, sun’iy tuxum qo’yish joylari tayyorlanadi. Baliqlar maxsus hovuzlarda o’stiriladi. O’zbekiston Respublikasining daryo va ko’llarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zog’ora baliq, do’ngpeshona, sudak, okcha, tobonbaliq, ilonbosh, cho’rtan, laqqa baliq, qizilko’z va boshqalar). O’zbekistonda Baliqchilikni sanoat asosida rivojlantirish 1937 yildan boshlangan. O’sha yili Toshkent viloyatining yuqori Chirchiq tumanida “Toshkent baliq chavoqlari xo’jaligi” tashkil etildi. Keyinchalik bu xo’jalik baliq chavoqlarini baliq xo’jaliklari va tabiiy suv havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946 yil O’zbekiston xalq xo’jaligi Kengashi huzurida baliqchilik xo’jaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946 yildan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq etishtirishga mo’ljallangan Damachi hovuz baliqchilik xo’jaligi tashkil etildi va ishga tushirildi. 1960 yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi ko’llar va Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga o’rtacha 25 — 28 ming tonna). Respublikada faqatgina karp balig’i etishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 — 18 sentner gektardan oshmas edi. 1961 yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan o’simlikxo’r baliqlardan oq do’ngpeshona, oq Amur, targ’il do’ngpeshona turlari bu er sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xo’jaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60— 70% o’simlikxo’r. O’simlikxo’r oq amurdan kanal va kollektorlarni o’tlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. O’simlikxo’r baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, ko’paymoqda (ayrim do’ngpeshona baliqlarning og’irligi 80 kilogrammgacha boradi). Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda ma’lum ahamiyatga ega. Har yili To’dako’l suv omboridan 500, Chimqo’rg’on va Jizzax suv omborlaridan 70-100 tonnagacha baliq ovlanadi. Hozirgi “O’zbaliq” korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi Chirchiq “Baliqchi” tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Mo’ynoq, Xorazm va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpog’iston baliqchilik xo’jaliklari birlashmasi va boshqalar), 7 kombinat (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik kombinatlari), 10 baliqchilik xo’jaligi: Andijon, Namangan, Farg’ona, Beshariq, Gulbog’ (Namangan viloyati), Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), uzun (Surxondaryo viloyati) xo’jaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Bo’stonliq tumani) xo’jaligi, Xorazm viloyatida To’rtko’l fermer xo’jaligi, baliq chavoqpari yetishtirish davlat xo’jaligi (Yangiyo’l), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari va boshqalar bor (1999). O’zbekiston Respublikasida umumiy maydoni 12 ming gektar bo’lgan sun’iy ko’l va hovuzlarda 22 ming tonna tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor.
Davlatimiz baliqchilik faoliyati bilan shug`illanmoqchi bo`lgan tadbirkorlar uchun quyidagi qulayliklarni yaratgan:
Baliqchilik faoliyati uchun:

  • sun'iy suv havzalarda va sadok usulida baliq etishtirish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga omuxta em, mineral o'g'it, lichinka, baliqcha, bir yozlik baliq, bir yillik baliq sotib olish maqsadlariga 24 (yigirma to'rt) oy muddatgacha;

  • yopiq aylanma suv qurilmalari baliq etishtirish va baliqni qayta ishlash uchun aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 24 (yigirma to'rt) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oygacha imtiyozli davr bilan;

  • qishloq havzalarida baliq etishtirishni ko'paytirishni tashkil etish maqsadida ona baliqlarni sotib olishga 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha;

  • yopiq aylanma suv qurilmalari va intensiv basseynlar tashkil etishga, baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish uchun texnika va texnologiyalar sotib olish bo'yicha taqdim qilingan investitsion loyihalarga 60 (oltmish) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 12 (o'n ikki) oygacha imtiyozli davr bilan;

  • baliq boqish uchun zarur bo'lgan ozuqa-em mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida texnika va texnologiyalar sotib olish loyihalariga 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oygacha imtiyozli davr bilan;

  • baliqchilik sohasidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga asosiy vositalarni sotib olishni, ta'mirlash, shuningdek moddiy texnika bazasini yaratish, yangilash, tamirlash maqsadida – 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oy imtiyozli davr bilan;

Foiz stavkasi: 20 foiz - 50%
Mijoz tomonidan kredit uchun 10 foiz miqdorida haq to'lanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4005-sonli qaroriga asosan tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlarining tijorat foiz stavkasining yarmini (50 foizini) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan kompensatsiya qilingan holda to'lab beriladi.
Kredit olish uchun taqdim etiladigan ta'minot turlari

  • mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi;

  • uchinchi shaxslar kafilliklari;

  • qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa ta'minot turlari.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

  • kredit mikdori, foydalanish muddati, maqsadi, ta'minoti ko'rsatilgan kredit arizasi (kredit arizasiga qarzdor haqidagi ma'lumotlarni Kredit byurosiga berilishiga qarzdorning yozma roziligi va garov reestriga berilishiga qarzdorning yozma roziligi ilova qilinishi shart);

  • qarz oluvchining ta'sis hujjatlari (nusxasi) va kredit olish vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

  • qarz oluvchining bank hisobvarag'iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko'rsatilgan biznes rejasi;

  • kredit hisobidan moddiy boyliklar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish, tovarlar sotib olish va boshqalar) uchun qarz oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar yoki ahdlashuv bayonnomalari nusxalari;

  • baliqchilik bilan shug'ullanish huquqini beruvchi hujjatlar (yer ijarasi shartnomasi, yer kadastr hujjatlari, suv resurslaridan foydalanish shartnomasi va boshqalar)

  • oxirgi hisobot davri uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllardagi moliyaviy hisoboti. Bu hujjatlar belgilangan tartibda Davlat soliq idoralariga topshirilgan va unga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi lozim:

  • buxgalteriya balansi (1-son shakl);

  • moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari ro'yxati;

  • zarur bo'lganda boshqa moliyaviy hisobotlar.

  • kredit ta'minotiga doir hujjatlar.


Yüklə 19,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin