KIRISH ASOSIY QISM 1 – BOB. MODDIY-TEXNIKA RESURSLAR TUSHUNCHASI 1.1. “Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
1.2. Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari
1.3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari
1.4. Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
2 – BOB. MODDIY-TEXNIKA YETKAZIB BERISH 2.1. Moddiy-texnika resurslari - ehtiyot qismlar, yonilg’i-moylash materiallari yetkazib berish bo’yicha shartnomalar.
2.2. Moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning huquqlari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Tayyorlov va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan o’z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to’lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy-texnika ta’minoti o’z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo’jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to’lov qobiliyatini yo’qotadi. SHuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnomalar o’z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak.
Bunda asosiy tamoyillar: ishonchli sherik (partner) tanlash va shartnomalarni mukammal tuzish, moddiy resurslar va xizmatlarni o’z vaqtida zarur hajm, turda va sifatda bo’lishini talab kilish va albatta ularga yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlarga o’z vaqtida haq to’lashdan iborat bo’lishi kerak.
1.1. “Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika resurslari deganda tarmoqda, uning xo`jalik yurituvchi subyektlari mavjud barcha asosiy fondlar, xo`jalik inventarlari yig`indisi tushiniladi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi bevosita tarmoqda, xo`jaliklarda mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog`liq. Agar texnikalar yetarli miqdorda bo`lmasa, demak, qishloq xo`jaligi ishlarini agrotexnik muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o`z navbatida, barcha natijaviy ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu misolning o`zi ishlab chiqarishda moddiy – texnika resurslarining ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko`rsatadi. Har qanday tarmoqning moddiy – texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir. Ma`lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, asosiy fondlar, homashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo`lishi va ular birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi keyingi yillarda yanada mustahkamlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga “Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib kelmoqda. Oz bo`lsada, fermer va dehqon xo`jaliklarida kichik texnikalar paydo bo`lmoqda.
Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi moddiy – texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma`lum. Yerning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo`jaliklarning moddiy – texnika bazasini rivojlantirish zarur. Yerning holatiga qarab o`g`it turlari, o`g`itning miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, mineral o`g`itlar, unga ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past bo`lishi turgan gap. Ba`zi hollarda yerga bunday munosabatda bo`lish uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko`proq bog`liq. Buning natijasida turli regionlarda turlicha texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari janubiy zonalardagidan farq qiladi. Shimoliy zonalarda issiq kunlarning nisbatan kam bo`lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy regionlarda esa ekin turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy – texnika resurslarining turli regionlarda turlicha bo`lishini talab qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resursladidan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog`liq. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o`rish kombayinalari asosan o`tim – yig`im davrida 2 oy ishlatiladi. Xo`jaliklar qimmatbaho texnikani (kombayinlarni ) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta miqdorda qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resurslariningkatta qismini tirik organizmlar (chorva mollari, ko`p yillik daraxitlar va boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida biologik qonuniyatlarni xam xisobga olishni talab etadi. Aks holda natija past bo`lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo`jaliklarda mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi xo`jaliklarda yaxshi rivojlangan transporttizimi, yo`l va aloqa kommunikatsiyalari bo`lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan ikkinchisiga olib borish, ularni tamirlashini tashkil etish jarayonida qishloq xo`jaligi moddiy – texnika resurslarini tashki l etishning o`ziga xosligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat katta qo`shimcha mablag`larni talab qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasi ko`p jihatdan sanoaning rivojlanganligiga bohliq. Shu bilan birga moddiy – texnika resurslarining (yem – xashak, zodli chorva mollari, urug`liklar kabilar) bir qismi qishloq xo`jaligining ishlab chiqariladi. Bu esa sarflanayotgan mablag`larning sotib olinayotgan va o`zida ishlab chiqarilayotgan moddiy – texnika resurslariga mos ravishda taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy ko`rsatgichlari pasayishi mumkin.
Hozirda mamlakatimiz qishloq xo`jaligining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta – sekinlik bilan uni sanoat asosiga o`tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq xo`jaligi taraqqiyotining obektiv yo`nalishlaridanbiridir.