2.1. Moddiy-texnika resurslari - ehtiyot qismlar, yonilg’i-moylash materiallari yetkazib berish bo’yicha shartnomalar.
Moddiy-texnika resurslari (ehtiyot qismlar, urug’lik, o’simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’it va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar bo’yicha yetkazib beruvchi tashkilot fermer xo’jaligiga o’zi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy-texnika resurslarini qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatlarda yetkazib berish majburiyatini oladi, fermer xo’jaligi esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo’yicha haq to’lash majburiyati.
SHartnomaga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko’rsatish (ishlarni bajarish) muddatlari, miqdori va assortimentini belgilovchi, ikkala tomonning imzosi bilan tasdiqlangan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan jadval ilovasi.
Har bir fermer qishloq xo’jalik ekinini ekishi, parvarish qilishi, nes-nobud bo’lmasdan yigib-terib olishi va tayyorlov tashkilotlariga o’z vaqtida hamda sifatli holda topshirishi uchun ko’pgina moddiy resurslar yetkazib beruvchi turli xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi.
Fermer xo’jaligining moddiy-texnika resurslari deganda, fermerning mavjud barcha asosiy fondlari va xo’jalik inventarlari tushuniladi. Fermer xo’jaligida texnikalar yetarli miqdorda bo’lmasa, qishloq xo’jaligi ishlari o’z agrotexnik muddatlarida bajarilmaydi. Bu o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish darajasining pasayishiga olib keladi. Demak, ishlab chiqarishda moddiy-texnika resurslarining ahamiyati katta.
Fermer xo’jaliklarining moddiy-texnika bazasi mustahkam bo’lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish yuqori bo’ladi. Fermer xo’jaligining moddiy-texnika resurslari tabiiy va iqtisodiy resurslardan tashkil topadi. Iqtisodiy resurslar o’z navbatida moliyaviy hamda mehnat resurslariga bo’linadi.
Tayyorlov va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan o’z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to’lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy-texnika ta’minoti o’z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo’jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to’lov qobiliyatini yo’qotadi. SHuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnomalar o’z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak.
Bunda asosiy tamoyillar: ishonchli sherik (partner) tanlash va shartnomalarni mukammal tuzish, moddiy resurslar va xizmatlarni o’z vaqtida zarur hajm, turda va sifatda bo’lishini talab kilish va albatta ularga yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlarga o’z vaqtida haq to’lashdan iborat bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |