6-Mavzu: Kreditning turlari va shakllari



Yüklə 48,23 Kb.
səhifə7/8
tarix05.12.2023
ölçüsü48,23 Kb.
#172613
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Kredit shakllari

Iste’mol krediti. Iste’mol krediti o‘zining maqsadi bilan kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi jismoniy shaxslarni kreditlash hisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga tovar va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo‘lgan davolanishni to‘lash, har xil tovarlar va uy jihozlari sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol kreditlari berilishi mumkin. Pul shaklida iste’mol krediti banklar tomonidan, tovar shaklida esa tovarlar chakana savdosi jarayonida to‘lov muddatini cho‘zish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunlarda uyjoy sotib olish, uyjoy qurish uchun pul shaklidagi, uzoq muddatli iste’mol krediti va tovar shaklida avtomobil kredit berilmoqda.
Davlat krediti. Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o‘z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan:
– iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kreditlash;
– moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan aniq tarmoq yoki mintaqalarga, agar budjetdan moliyalashtirish imkoniyati tugagan bo‘lsa, vaqtincha foydalanishga mablag‘ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari, tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarni kim oshdi savdosi yo‘li bilan yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag‘lar vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko‘paygan hollarda davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida, davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan qarz mablag‘lar ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu mablag‘lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo‘li bilan banklar aholining va boshqa moliya kredit institutlarining pul mablag‘larini yig‘adi va ularni davlat qarzi va budjet kamomadini qoplashga (moliyalashtirishga) sarflaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, o‘tish davrida davlat krediti faqatgina moliyaviy resurslarni jalb qilish manbai sifatida emas, balki iqtisodni markazlashgan kredit tizimi orqali tartibga solishning samarali vositasi sifatida ishlatilishi kerak.

Yüklə 48,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin