2. Kreditning shaklari.
Kreditning quyidagi mustaqil shakllari bor:
Bank krediti
Tijorat keriditi
Davlat krediti
Ipoteka krediti
Iste’mol krediti
Sindinsiyali kredit
Xalqaro kredit
I. Bank krediti banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit bo‘lib ssuda deyiladi.
Pulning yuqori likvidli aktiv ekanligi va bank tizimining uzoq muddatli rivojlanish bosqichini bosib o‘tganligi bank kreditini asosiy kredit shakliga aylantirishga muhim omil bo‘ldi. Tijorat banklari kreditining bahosi ssuda kapitali bozorida shaklllanadi.
Kreditning bahosi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga bo‘gan talab shunchalik kam bo‘ladi. Shu sababli Markaziy banklar va hukumatlar iqtisodiyotda yo‘naltirilayotgan kreditlar hajmini oshirish maqsadida kredtilarning past va barqaror foiz stavkasini saqlab qolishga harakat qiladilar. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor, kreditlarning foiz stavkasi qanchalik past bo‘lsa, unga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi natijada muomaladagi pul miqdori oshishiga sabab bo‘ladi va oqibatda bu inflatsiya darajasining oshiradi.
Bank krediti rivojlanishini belgilovchi keyingi omil banklarning resurs ta’minotidir. Banklarning yetarli darajada resurs bazasiga ega bo‘lishi kreditlarga bo‘lgan talabni qondirishga imkon beradi. Bir so‘z bilan aytganda banklarning yetarli darajada resurs bazasiga ega bo‘lishi ular mijozlarining moliyaviy darajasiga bog‘liq.
Bank tomonidan beriladigan kreditlarni o‘z vaqtida qaytmasligi oyki kreditlarning qaytish darajasining yuqori ekanligi bank krediti rivojlanishining 3-omili hisoblanadi. 4-omil banklarning kreditlash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib va nazorat qilish tizimining rivojlanganligi bo‘lsa, 5-omil makroiqtisodiy vaziyat va uning o‘zgarishi hisoblanadi.
II. Kredit tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tarqiqotlarning natijalari ko‘rsatdiki., tijorat krediti bank kreditidan oldin paydo bo‘lgan.
Tijorat krediti deganda, hozirgi davrda tovarlarni to‘lov muddatini kechiktirish asosida soitylishiga aytiladi.
Tijorat kreditining obekti tovar hisoblanadi.
Lekin tijorat krediti dastlab paydo mbo‘lgan davrda tovarlarni kreditga sotishdan tashqari mulkni ijaraga berish ham tijorat krediti hisoblangan. Tijorat kreditining ma’lum qismi veksel bilan rasmiylashtiriladi.
Tijorat krediti bank krediti kabi ommalashmagan bo‘lsa ham u hamon kredit mustaqil shakli sifatida saqlanib qolgan. Bu esa quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Tijorat kreditining foizi ko‘pincha bank krediti foizidan past bo‘ladi;
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subekt ham bank krediti ololmaydi. Bu toifa mijozlar uchun tijorat kreditidan foydalanish zaruriyat bo‘lib qoladi;
Tijorat veksellari moliyaviy instrument sifatida amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ularni bankka topshirib kredit olish mumkin.
III. Davlat krediti. Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra davlat kreditida davlat faqat qarzdor bo‘lib qatnashadi. Masalan, davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarib aholiga, banklarga va korxonalarga sotadi. Shu yo‘l bilan ular ular oldida qarzdor bo‘lib qoladi. Bundan tashqari davlat tijorat banklaridan, Markaziy bankdan, Xalqaro moliya institutlaridan kredit oladi. Ikkinchi guruh olimlarining fikriga ko‘ra, davlat kreditida davlat kredit beruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Masalan, davlat banklar orqali ma’lum bir tarmoqlarni kreditlaydi. Ular hukumat tomonidan qimmatli q og‘ozlarni sotib jalb qilingan mablag‘lari hisobidan. Ularni davlat zayomlari deyishimiz ham mumkin.
IV. Iste’mol krediti – iste’mol maqsadida beriladigan kreditlar iste’mol kreditlari deyiladi. Ular asosan iste’mol tovalari ko‘rinishida bo‘ladi. Taraqqqiy etgan mamalakatlarda ippo9teka kredit;ari ham iste’mol krediti tarkibiga kiritiladi. Lekin O‘zbekistonda ipoteka kredit mustaqil shakl hisoblanadi. iste’mol krediti tovar va pul ko‘rinishida beriladi.
V. Ipoteka krediti – qo‘zg‘almas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan kredit. Ipoteka so‘zi grekcha “hypotec” so‘zidan olingan. Ipoteka kreditini yuridik va jismoniy shaxslar oladi. Yuridik shaxslar o‘ziga tegishli qo‘zg‘almas mulkni garovga qo‘yib, ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun kredit oladi.
VI. Sindinsiyali kredit – bu 1obektni yoki loyihani moliyalashtirish uchun 2 yoki undan ortiq banklar tomonidan beriladigan kreditdir. Sindinsiyali kreditni tashkil qiluvchi bank bosh yoki yetakchi bank deyiladi. Qolga banklar ishtirokchi bankalr deb ataladi. Oldin banklar o‘rtasida bosh bitim imzolanadi. Bu bitimga ko‘ra bank sindikati tashkil etiladi. Keyin kredit oluvchi va sindikat o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Ishtirokchi banklar yetakchi bankka sindikatdagi ulushiga ko‘ra resurslarini beradi.
VII. Xalqaro kredit – bu ssuda kapitalining davlatlararo harakati bo‘lib, bu harakat tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Tijorat banklari faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari mavjud:
mijozni alohida ssuda hisobraqamidan 1 marotabali kreditlash shakli. Bunda kredit 1marotabali to‘lov shaklida bankdan chiqariladi.
mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash. Bunda mijoz uchun kreditlash limiti o‘rnatiladi. Uning bu limitdan foydalanish uchun davr belgilanadi. Bu shaklning afzalliklari quyidagilardan iborat:
mijoz har safar kredit so‘rab bankka murojaat qilish majburiyatidan holos bo‘ladi;
mijoz kredit liniyasining faqat ishlatil;gan qismi uchun foiz to‘laydi;
bank berilgan kredit ustidan ya’ni shartnomaviy shartlari bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladi. Agar mijoz kredit shartnoamsi shartlarini buza boshlasa bank kredit liniyasini yopib qo‘yadi.
kreditlashning overdraft shakli, ingliz tilida so‘zlasuvchi mamlakatlar bank amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamining debetli qoldig‘iga beriladi. Mijozlarning banklarda ochilgan joriy hisobraqamlarida faqat bir marta debetli qoldiq bo‘lishiga ruxsat etiladi. U ham bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasida overdraft krediti olish bo‘yicha kelishuv bo‘lsa.
Overdraft kreditiga ssuda schoti ochilmaydi va bu kredit ta’minotsiz kredit hisoblanadi.
kreditlashning kontokorrent shakli. Bu shakl nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarnig bank amaliyotida qo‘llaniladi.
Kontokorrent kreditida mijozning joriy hisobraqami yopiladi va kontokorrent hisobraqam ochiladi. Mijozning barcha faoliyatidan keladigan pul tushumlari kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi. Mijozning barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi. Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqaminig debetli qoldig‘iga beriladi. Kontokorrent hisobraqamining kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi, debetli qoldig‘i uchun esa mijoz bankka foiz to‘laydi.
kreditlashning faktoring shakli. Faktoring – bu mol yetkazib beruvchini kreditlash shakli bo‘lib, bunda bank tovar hujjatlarini o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz sotib oladi.
Kreditlashning forfeyting shakli. Forfeyting – bu fransuzcha “a forfe” so‘zidan olingan bo‘lib ulgurji degan ma’noni anglatadi.
Forfeyting mol yetkazib beruvchini kreditlash shakli bo‘lib, bunda bank trattani o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan sotib oladi
Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi. Kreditning boshqa turlari va uning tavsifi.
Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |