6-Mavzu: Kreditning turlari va shakllari



Yüklə 48,23 Kb.
səhifə2/8
tarix05.12.2023
ölçüsü48,23 Kb.
#172613
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Kredit shakllari

Bank krediti. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining shakllaridan biridir. Uning ob’ekti pul mablag‘larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo‘lishlari zarur. Qarz oluvchi sifatida yuridik shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat mijozlari ishtirok qilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining vositasi bo‘lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi hisoblanadi. Bu kredit turi bo‘yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi ko‘rinishida bo‘ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari hisobga olinadi.
Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo‘jalik faoliyatida aylanma mablag‘lar etishmovchiligini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo‘lishi ssuda kapitali bozorida mustaqil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar ko‘rsatishda, banklararo kreditlash rejimida ko‘proq qo‘llaniladi.
Hozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
– kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha muddatga) berilishi;
– kreditning muddati va foiz stavkasining birbiriga teskari proportsional (kreditning muddati juda qisqa bo‘lsada, foiz stavkasi juda yuqori) bo‘lishi;
– ishlab chiqarish sohasidan ko‘proq muomala sohasiga xizmat ko‘rsatish.
Hozirgi vaqtda bir yil muddatga beriladigan kreditlardan tijorat xarakteridagi faoliyatni amalga oshirish, agrar sektorda va investitsiyalarni talab qiluvchi innovatsion jarayonlarni kreditlashda keng foydalanilmoqda.
Uzoq muddatli kreditlar asosiy fondlar harakatini ta’minlaydi va ular kredit resurslarning katta hajmi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq muddatga, davlat tomonidan tegishli moliyaviy kafolatlarni olgan holda, kreditning muddati 10 yil va undan ortiq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Qarzni to‘lash usuli. Qarzdor tomonidan to‘liq summada to‘lanadigan kreditlar. Bu usul qisqa muddatli kreditlarni qaytarishning an’anaviy usuli hisoblanib, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi juda sodda mexanizmga ega bo‘ladi, chunki bu usulda tabaqalashtirilgan foiz stavkasini hisoblash mexanizmini qo‘llash talab qilinmaydi.
Kreditni to‘lashda kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida bo‘lib to‘lanadigan kreditlar bo‘lishi mumkin. Qarzni to‘lashning bu usulida kreditni qaytarishning aniq shartlari kredit shartnomada keltirilgan bo‘ladi. Kreditni bo‘lib bo‘lib to‘lash usuli ko‘pincha uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda ishlatiladi.
Kredit bo‘yicha foizni undirib olish usuli Amaliyotda olingan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini to‘lashning bir necha xil usullari mavjud:
* Kreditni to‘lash muddati kelganda, foiz stavkasini ham qo‘shib to‘lash usuli. Bu usul bozor iqtisodi yaxshi taraqqiy qilgan mamlakatlarning xo‘jalik tashkilotlari faoliyatida keng qo‘llaniladigan an’anaviy usul bo‘lib, u hisobkitob xarakteri jihatidan oddiy bo‘ladi. Bu usul ko‘proq qisqa muddatli ssudalarni to‘lashda qo‘llaniladi.
* Kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida bir tekisda qarz oluvchi tomonidan to‘lanadigan kredit bo‘yicha foizni undirib olish usuli. Amaliyotda bu usul uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda qo‘llaniladigan ananaviy usuldir va tomonlar kelishgan holda kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashga har xil yondashishlari mumkin. Masalan, kredit uzoq muddatga berilgan bo‘lsa, kredit bo‘yicha foiz stavkasini to‘lashni kreditdan foydalanib boshlaganidan bir yoki ikki yil o‘tgandan keyin belgilab berish mumkin.
* Qarz oluvchiga kredit berilayotgan vaqtda kredit uchun to‘lanadigan foiz bevosita bank tomonidan ushlab qolinadigan kreditlar. Kredit uchun foiz stavkasini bu usulda to‘lash rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelmaydi va u uchun xarakterli emas. Bu usul faqat sudxo‘rlik kapitalida ishlatiladi. Mamlakatda iqtisodiy holat nobarqaror bo‘lganida banklar qisqa muddatli kreditlashni va kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lashni shu usulda olib borganlari ular uchun qulay hisoblanadi va amaliyotda shu usuldan keng foydalanadilar.

Yüklə 48,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin