Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-610-613
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
610
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA
TUTGAN O‘RNI
Gulnara Shodiyeva
Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti professori.
Dilnoza Azamatovna Tog’ayeva
Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti magistranti
Beknazar Abduxalilovich Sultonov
TDIU Samarqand filiali assistenti
ANNOTATSIYA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning hozirgi
bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,
unga keng iqtisodiy
erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qancha farmon va
qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samaradorlini
oshirishga albatta xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Biznes, Iqtisodiy ko‟rsatkichlar,
elektron tijorat, YAIM,
barqaror rivojlanish.
KIRISH
Misol tariqasida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 7 fevral
№ 4947 farmoni bilan 2017−2021 yillarda O„zbekistonni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo„nalishi bo„yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlab berdilar
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo„naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo„jaligini
modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish bo„yicha institutsional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish, xususiy
mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirish,
hududlar, tuman
va shaharlarni kompleks va mutanosib
holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy
muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy