Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-610-613 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 611 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal sarmoyalarni faol jalb etish”.Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada
yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini
ta`minlash imkonini bermoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 1-rasm Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi Ko'rsatgichlari
2019
2020
2021
2021yil 2019 yilga nisbatdan
o'zgarishi.
+/- %
O'zbekiston
Respublikasida
YIM
56.0
55.7
54.9
-1.1
98
Sanoat
25.8
27.9
27.0
1.2
104.6
Qurilish
75.8
72.5
72.4
-3.4
95.5
Bandlik
76.2
74.5
74.4
-1.8
97.6
Eksport
27.0
20.5
22.3
-4.7
82.5
Import
61.6
51.7
48.7
-12.9
79
1-jadval ma'lumotlaridan ko‟rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasida YAIM
2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2 % ga kamaygan. Sanoatda esa bu ko‟rsatgich 2019
yilga nisbatdan 2021 yilda 4.5 % ga kamaygan.
Bandlikda esa bu ko‟rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2.4 % ga
kamaygan. Eksportda esa bu ko‟rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 17.5 %
kamaygan, dalolat beradiki chet el davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushini
olib qaraydigan bo`lsak, Fransiyada bu ko`rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni,
Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni,
AQShda - 52 foizni, Qozog`istonda - 25,6 foizni, Rossiyada – 20,0 foizni tashkil
etadi (2-rasm).
Bunda turli davlatlarda sub`ektlarning kichik biznes sohasiga taalluqliligi
mezonlariga ham e`tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100
kishigacha hamda yillik aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo`lgan
sub`ektlar kichik biznes sub`ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500
kishigacha bo`lgan sub`ektlar esa o`rta biznes sub`ektlari deb yuritiladi. Shuningdek,
Rossiyada kichik biznes sub`ektlariga xodimlar soni 100
kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha
bo`lgan sub`ektlar taalluqli bo`ladi.