7-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’llari



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü29,37 Kb.
#123358
  1   2   3
7-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’l


7-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI

  1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

  2. Xarajatlarning tasniflanishi

  3. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari

  4. Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari




        1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajat­lari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fev­ralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)­ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:

  • mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;

  • tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);

  • energiya va yoqilg’ining hamma turlari;

  • materiallarning tabiiy kamayishi.

Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:

  • bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;

  • qo’shimcha to’lovlar;

  • ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.

Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:

  • ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;

  • nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.

Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:

  • asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.

Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:

  • ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;

  • ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;

  • asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;

  • o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;

  • ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.


Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin