Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
DAVLAT BYUDJETINING SOG’LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
REJA:
1.
|
Sog’liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari va sog’liqni
saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari
|
2.
|
Sog’liqni saqlash tizmini moliyalashtirishning asosiy modellari va
manbalari
|
3.
|
Sog’liqni saqlash sohasi harajatlarini mablag’ bilan ta‟minlashda
davlat byudjetining tutgan o’rni
|
|
|
1.Sog’liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari va sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari
Sog’liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari. Ijtimoiy soha tarmoqlari ichida sog’liqni saqlash tizimi alohida o’rin egallaydi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko’ra, mamlakat sog’liqni saqlash tizimining aholi salomatligini ta‘minlashdagi ta‘siri 8-14 foiz1 darajasida baholansa-da, bu tizimning faoliyati boshqa barcha ijtimoiy sohalarga qaraganda aholi manfaatlari bilan eng ko’p to’qnash keladi.
Inson hayoti, uning manfaatlarini himoyalash bilan bog’liq bo’lgan va sog’liqni saqlash tizimida qator yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan islo- hotlarning natijasi davlatning bevosita ishtirokiga, uning ushbu sohaga tashkiliy- huquqiy va iqtisodiy-moliyaviy aralashuviga ko’p jihatdan bog’liq.
Ma‘lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne‘mat bo’lib, har bir kishi o’z hayoti davomida iste‘mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’larni jamg’arishi mumkin.
Sog’liqni saqlash tizimini boshqarish va moliyalashtirishda davlat ishtirokining ob‘ektiv zarurligi haqida gap borar ekan, avvalo, bu tizimning faoliyat mahsuli bo’lgan tibbiy xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Birinchidan, tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne‘mat hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda ―ijtimoiy ne‘matlar‖ sirasiga kiruvchi tibbiy xizmatlar jamoat sog’liqni saqlash sektori tomonidan ko’rsatiladi. Bular qatoriga kasallanish riskini pasaytirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va qo’llab-quvvatlash, atrof-muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan xizmatlar kiradi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi “tashqi samara” berish xususiyatiga ega, ya‘ni ma‘lum bir shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi boshqalarning kasallanish riskini kamaytiradi, masalan, yuqumli hamda ijtimoiy xavfli kasalliklarni davolash bilan jamiyat miqyosida avj olishi mumkin bo’lgan salbiy ―tashqi samara‖ning oldini olishga muvaffaq bo’linadi. Shunga muvofiq ravishda, jamoat sog’liqni saqlash sektori an‘anaviy tarzda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: (1) mamlakatda va uning alohida hududlarida epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish; (2) atrof-muhitning normal sanitariya holatini ta‘minlash; (3) onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish; (4) sanitariya- oqartuv ishlarini tashkil qilish; (5) profilaktika va davolash bilan bog’liq tibbiy xizmatlar haqidagi ma‘lumotlarni to’plash, umumlashtirish, qayta ishlash va shu asosda ularga bo’lgan ehtiyojni baholash. Bu tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahami- yatini hisobga olgan holda, jamoat sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va nazorat qilish majburiyatini davlat o’z zimmasiga oladi.
Shu bilan birga, ko’pchilik tibbiy xizmatlar, bozor sharoitidagi boshqa har qanday tovar kabi, sotilishi va sotib olinishi, lekin tashqi samara bermagan holda alohida shaxslarning ehtiyojini qondirishi mumkin. Bunday xizmatlarga klinik sharoitlarda ko’rsatiladigan davolash xizmatlari kiradi va, jamoat sog’lig’ini saqlash xizmatlaridan farqli ravishda, kasallikning oldini olish va salomatlikni muhofaza qilishga emas, alohida kasalliklarni davolashga qaratiladi. Bunday xizmatlar tibbiy xizmatlar bozorida oldi-sotdi obyekti bo’la oladi, ammo bu munosabatlar ham tibbiy xizmatlarning quyida sanab o’tiladigan o’ziga xosliklari tufayli davlat aralashuvini taqozo qiladi.
Ikkinchidan, tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog’liq. Inson qachon va qanday vaziyatda kasallanishini, kasallikni davolash unga qanchaga tushishini, buning uchun u qancha mablag’ jamg’arib qo’yishi lozimligini oldindan bilmaydi, odatda uning sog’lig’ini yo’qotishga olib kelgan kasallik yoki baxtsiz hodisa u kutmagan vaqtda yuz beradi. Shu sababli aksariyat insonlar bunday holatlarda tibbiy yordamning kafolatlangan bo’lishini xohlaydilar. Bu kafolatni faqat davlat bera oladi: davlat majburiy tibbiy sug’urta yoki davlat byudjeti mablag’lari evaziga majburiy (bepul) tibbiy xizmatlarning ko’rsatilishini kafolatlaydi. Bu kafolatlar salomatligini tiklash, ayrim hollarda esa hayotini saqlab qolish bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun salmoqli mablag’ni oila byudjetidan ajrata olmaydigan darajada daromadlari yuqori bo’lmagan aholi qatlamlari uchun ayniqsa muhimdir. Aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish – davlatning muhim vazifalaridan biri, sog’liqni saqlash sohasida bu vazifa daromadlilik darajasidan qat‘i nazar, har bir fuqaroga bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarkibini belgilash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan fuqarolar: nogironligi bo’lgan shaxslar, chin yetimlar, urush veteranlari va boshqalarga tibbiy xizmatlarni olishdagi imtiyozlarni o’rnatish kabilarga qaratiladi.
Uchinchidan, axborot asimmetriyasining mavjudligi: tibbiy xizmatlar iste‘molchisi, odatda, o’zining sog’lig’i xususidagi muammolar va ularni hal qilish masalasida yetarli ma‘lumotga ham, bilimga ham ega bo’lmaydi, uning kasalligi va davolash usullari haqida faqat vrach aniq ma‘lumotga ega bo’ladi va natijada vrach (xizmatning ishlab chiqaruvchisi) bilan bemor (xizmatning iste‘molchisi)ning axborotga egaligi o’rtasida nomuvofiqlik, ya‘ni axborot asimmetriyasi yuzaga keladi. Normal faoliyat qiluvchi bozorda iste‘molchi o’ziga zarur bo’lgan ne‘matlarning hajmi va sifatini o’zi belgilaydi, tibbiyot xizmatlarida esa bu ishni xizmatni ishlab chiqaruvchi – vrach bajaradi. Buning natijasida vrachlarning tibbiy va iqtisodiy manfaatlari o’rtasida ziddiyat yuzaga keladi, ya‘ni vrach, o’zining iqtisodiy manfaatlarini bemorning sog’lig’i bilan bog’liq manfaatlaridan ustun qo’ygan holda, qimmat turuvchi muolajalarni tayinlashi, qimmatbaho dorilarni tavsiya etishi mumkin bo’ladi. Xullas, axborot asimmetriyasi tibbiy xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan birmuncha qulay holatlarini va ustunliklarini ta‘minlaydi. Shu sababli davlat alohida vrachlar va tibbiyot muassasalari faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi, ko’rsatilayotgan xizmatlarning minimal sifat darajasini belgilaydi, tibbiy xizmat ishlab chiqaruvchilarni iste‘molchilar manfaatlari yo’lida harakat qilishga rag’batlantiradi.
Shunday qilib, tibbiy xizmatlarning o’ziga xosliklari bilan bog’liq bo’lgan qator holatlar mavjudki, ular mamlakatda bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo’lishidan qat‘i nazar, davlatning sog’liqni saqlash tizimini boshqarish, uning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab beradi. Shuning uchun, ko’pchilik mutaxassislarning va xalqaro ekspertlarning fikricha, sog’liqni saqlash sohasida davlat quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi zarur (16.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: |