Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari


-jadval Sog’liqni saqlash tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni



Yüklə 84,95 Kb.
səhifə6/12
tarix24.12.2023
ölçüsü84,95 Kb.
#193304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari-fayllar.org

16.1-jadval Sog’liqni saqlash tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni



moliyalashtirish manbalari1



Faoliyat yo’nalishlari


Bajaradigan funksiyalar


Moliyalashtirish manbalari


Jamoat sog’lig’ini saqlash
  1. Kasallanish riskini kamaytirishga yo’naltirilgan aniq tibbiy xizmatlarni taqdim etish


  2. Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish


  3. Sog’lom turmush tarzi va sog’lom atrof-muhitni ta‘minlashga ko’maklashish (sog’lom ovqatlanish, toza ichimlik suvi ta‘minoti, kanalizatsiya va sh.k. )


1. Davlat byudjeti




Klinik xizmat ko’rsatish

Kasalliklarni davolashga qaratilgan keng doiradagi tibbiy xizmatlar ko’rsatish


  1. Davlat byudjeti


  2. Ijtimoiy sug’urta


  3. Xususiy sug’urta


  4. Pullik to’lovlar


Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ichida fuqarolarga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq kafolatlar alohida o’rin egallaydi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog’liq huquqlarga ega ekanligi belgilab qo’yilgan. Ana shu huquqlarni amalga oshirishning zarurligi bu sohani boshqarish va moliyalashtirishda davlatning ustunligini belgilab beradi.

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko’ra, moliyalashning barcha manbalaridan YAIMning 7-8 foizini safarbar etib, mamlakatda sog’liqni saqlash tizimining normal faoliyatini ta‘minlash mumkin.
Sog’liqni saqlash tizimini aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tibbiyot muassasalari tashkil qiladi. Bu muassasalarni yangidan qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog’liqni saqlash tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat byudjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning qariyb 14-15 foizi sog’liqni saqlash tizimini saqlash va
rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. Keyingi yillarda bu mablag’larning sog’liqni saqlash muassasalarining turlari bo’yicha tarkibi va tuzilishi quyidagi jadvalda aks etgan (16.2-jadval).


Yüklə 84,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin