tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qodir bo’lmagan, yaxshi jihozlanmagan davolash muassasalari sonining ko’pligi, natijada tarmoqni rivoj- lantirish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladigan byudjet-moliya resurslarining haqiqiy ehtiyojni qoplay olmasligi, ulardan foydalanish samaradorligining pastligi;
ilgari yaratilgan va o’z vaqtida yaxshi jihozlangan sog’liqni saqlash muassasalari bugungi kunda zamonaviy talablarga, diagnostika va davolashning sifat standartlariga javob bermay qo’yganligi;
qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish jarayonining tugallanmaganligi sababli uzoq tumanlarda joylashgan qishloqlar aholisi uchun tibbiy yordam olish imkoniyatining cheklanganligi;
birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi;
shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta‘minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo’yicha vazifalar ijrosi talab darajasida emasligi;
tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta‘minlash ishlarining talabga javob bermasligi;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmayotganligi;
dorixona muassasalari tarmog’ini yanada optimallashtirish, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish va narx belgilash tizimini takomillashtirish va ular faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi;
sog’liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga yetarlicha e‘tibor berilmaganligi.
Sog’liqni saqlash tizimidagi shu va shu kabi boshqa davolash va diagnostika, tashkiliy va huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalardagi muammolarni chuqur tahlil qilish va o’rganish asosida 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida aynan sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan quydagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan (16.2- rasm).