Vrach xodimlar
1. Mutaxassis vrach
|
|
- toifasiz
|
6
|
- II toifa
|
7
|
- I toifa
|
8
|
- oliy toifa
|
9
|
2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni ta‘minlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-
reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam ko’chma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi
|
|
- toifasiz
|
7
|
- II toifa
|
8
|
- I toifa
|
9
|
- oliy toifa
|
10
|
Tibbiyot xodimining yuqoridagi tarmoq tarif setkasi bo’yicha aniqlangan bazaviy tarif stavkasi u ishlaydigan muassasaning mehnatga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalarining qaysi guruhiga mansubligiga ko’ra tuzatish koeffitsientini qo’llagan holda oshiriladi. Sog’liqni saqlash muassasalari guruhlari bo’yicha quyidagi tuzatish koeffitsientlari qo’llaniladi:
Muassasa guruhi
| |
Tuzatish koeffitsienti
| |
I-guruh
|
1,0
|
II-guruh
|
1,03
|
III-guruh
|
1,05
|
IV-guruh
|
1,15
|
Shunday qilib, tibbiyot xodimining ish haqi miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga (kichik va o’rta tibbiy xodimlar, vrachlar), uning malaka
toifasiga (toifasiz, 2-malaka toifali, 1-malaka toifali, oliy malaka toifali) va muassasaning guruhiga (I-, II-, II-, IV-guruh) bog’liq bo’ladi.
Masalan, ixtisoslashtirilgan statsionar muassasada ishlovchi oliy malaka toifasiga ega bo„lgan operatsiya qiladigan vrach-xirurgning bazaviy ish haqi miqdori amaldagi eng kam ish haqi miqdorini 10-razryadga to„g‟ri keluvchi tarif koeffitsientiga va ixtisoslashtirilgan statsionar muassasa taalluqli bo„lgan III-guruhning tuzatuvchi koeffitsientiga ko„paytirish orqali aniqlanadi: EKIH 7,629 1,05 =
Sog’liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o’rinbosarlari, shuningdek, bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasi bo’yicha razryad sog’liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi. Sog’liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi to’g’risidagi nizom, shuningdek tasdiqlangan tarmoq tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to’lash razryadlari va tarif koeffitsientlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmog’i uchun – xizmat ko’rsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun – davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining qo’shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo’lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo’linmalarining (buxgalteriya, iqtisodiy bo’limlar, kadrlar bo’limi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni ta‘mirlash va ularga xizmat ko’rsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq to’lash Mehnatga haq to’lash bo’yicha Yagona Tarif Setkasi asosida barcha byudjet tashkilotlaridagi kabi amalga oshiriladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |