Rul boshqarmasining tuzilishini uch va to‘rt g‘ildirakli traktor hamda yuk
avtomobili misolida ko‘rib o‘tamiz.
Uch g‘ildirakli traktorining oldingi ko‘prigi va rul boshqarmasi
(19-
rasm). Rul boshqarmasi oldingi g‘ildirakning harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Rul
mexanizmi rul vali (
3
) ga o‘rnatilgan ikki yo‘lli chervyak (
14
) va burish vali (
4
) ga
o‘rnatilgan qiya tishli chervyak g‘ildirak (sektor) (
13
) dan iborat. Rul vali burchak
hosil qiladigan ikki qismdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro kardan vositasida
biriktirilgan. Rul chambaragi (
1
), rul stoykasi (
2
) ning ichidan o‘tkazilgan valga
o‘rnatilgan. Burish valining uchiga g‘ildirak vilkasi (
7
) mahkamlanib, vilkaga
g‘ildirak o‘qi (
8
) o‘rnatilgan. Oldingi g‘ildirak (
9
) o‘qdagi ikkita rolikli
podshipnikda aylanadi. Rul mexanizmi yarim ramaning oldingi brusi (
6
) ga
mahkamlangan rul kolonkasi (
5
) ning yuqori qismiga o‘rnatilgan. Chervyak ikkita
konus rolikli podshipnikda aylanadi. Bu podshipniklarning ichki halqasi yo‘q,
sirtqi halqasi stakan (
12
) ichida turadi. Stakan rostlash gaykasi (
11
) orqali burilib,
chervyak bilan sektor tishlarining orasidagi tirqish rostlanadi. Konus podshipniklar
tirqishi gayka (
11
) ga burab kirgizilgan vint (
10
) bilan rostlanadi. Vintning uchi
stakan (
12
) ichiga joylashtirilgan shaybaga tiraladi.
Dostları ilə paylaş: