O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYALAR INSTITUTI QURILISH FAKULTETI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI 2-BOSQICH BINO 21B - GURUH TALABASI ISTATOV ALISHERning GRUTLAR MEXANIKASI , ZAMIN VA POYDEVORLAR FANIDAN TAYYORLAGAN Mavzu: CHO’KISHNI CHIZIQLI DEFORMATSIYA USULIDA ANIQLASH mavzusidagi MUSTAQIL ISH
Inshoot qurilishi natijasida, hatto gruntning mustahkamligi ta’minlangan bo‘lsa ham, zaminda deformatsiyalar yuzaga keladi. Odatda, ular notekis xususiyat kasb etadi va inshoot qurilmalarida kuchlar qayta taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Muayyan sharoitlarda bu inshootdan normal foydalanishni qiyinlashtirishi, ayrim hollarda esa hatto uning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Mutlaq ko‘chishlar deganda ayrim poydevor zaminining cho‘kishi s va poydevor (yoki inshoot)ning gorizontal yo‘nalishda ko‘chishi u tushuniladi. QMQga muvofiq nisbiy ko‘chishlar qatoriga inshootlar zaminining o‘rtacha cho‘kishlari, ikki poydevor cho‘kishlarining nisbiy farqi, poydevorning og‘ishi va shu kabilar kiradi. Nisbiy deformatsiyalar mutlaq ko‘chishlarning turli poydevorlar yoki kesimlar uchun belgilangan qiymatlari yordamida topilishi mumkin. Shu sababli ushbu bobda ko‘rib chiqilayotgan asosiy metodlar ayrim poydevorlar zaminlarining mutlaq ko‘chishlari kattaliklarini aniqlashga bag‘ishlangan. Poydevorlarning zaminlarini deformatsiyalar bo‘yicha hisoblash hozirgi vaqtda quyidagi shartdan kelib chiqib amalga oshiriladi: