21. Yadroning tuzilishi. Yadro zaryadi va atom tartib raqami



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/10
tarix22.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#133999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yadro javoblari


21.Yadroning tuzilishi. Yadro zaryadi va atom tartib raqami.
Atom yadrosi ikki xil elementar zarralar - proton va neytronlardan iboratdir. Protonning massasi (mp) taxminan neytronning massasi (w,)ga teng, elektron massasi (me)dan 2000 marta katta:
mp = 1836,15we = 1,67265-10 24 g.
m = 1 8 3 8 n ’ ,6 8 /e /= 19, 67495-10-24Rg.
Proton musbat zaryadli, zaryad miqdori elektron zaryadiga teng, ishorasi qarama-qarshi. Neytron - zaryadsiz neytral zarra. Proton va neytronlar xususiy momentga, spinga ega (s = 1/2) bo’lgan Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunuvchi fermionlardir. Atom yadrosi proton va neytrondan tashkil topganligi aniqlangach, protonlar soni Z va neytronlar soni N birgalikda massa soni A deb atala boshlandi. Bunda: A = Z+N. Barcha yadroviy reaksiyalarda massa soni saqlanadi. Bunda nuklonlar yoki barion soni saqlanishi deb ham ataladi. Yadro zaryadi yadroni tashkil etgan zarralar zaryadlari yigMndisiga teng bo’lishi kerak. Yadro proton va neytronlardan iborat ekan, neytron zaiyadsiz neytral zarra. U holda yadro zaryadi protonlar zaryadlari yigMndisiga teng bo’ladi. Proton zaryadi musbat miqdor jihatdan elektron zaryadiga teng: e — 1,6-10-19 Kl. Shunday qilib, tartib nomeri Z bo’lgan biror element atomining yadrosi Ze zaryadga ega.

22.Yadroning tarkibiy qismlari. Nuklonlar haqida tushuncha. Proton va neytronlarning spinlari teng, massalari deyarli teng bir-birlariga uzviy almashinib turadi, yadro kuchlari ham teng bir xil zarrala hisoblanadi, bir so‘z bilan ular nuklon deb ataladi. Nuklonlar uchun yadro kuchlari bir xil bo’lgan faqat elektromagnit maydonga nisbatan ikkita erkinlik darajasiga ega bo’lgan aynan bir xil (zaryadli proton, zaryadsiz neytron) zarralardir. Yadro kuchlari ta’sirida proton va neytronlar birikib, turli yadrolami hosil qiladi.

23.Izotop, izobar, izotron, izomer va kuzgi yadrolar. Yadrodagi nuklonlar miqdorlariga qarab, izotop, izobar, izoton, ko‘zguli yadrolar deb ataladi. Bir xil zaryadga (Ze), ya’ni bir xil sonli protonga, ammo har xil massa soni Aga ega bo’lgan yadrolarga izotoplar deb ataladi. Izotoplar bir xil kimiyoviy va optik xususiyatlarga egadir. Lekin fizik xususiyatlari massa soni, toq-jufitliklari va hokazolari turlichadir. Massa soni A bir xil, zaryadlari har xil yadrolarga izobar yadrolar deb ataladi. Izobarlarning kimiyoviy xususiyatlari turlicha, fizik xususiyatlari, nuklon soni bir xil bo’ladi. Lekin massa sonlari bir xil bo’lganda ham izobar yadrolar massalari birmuncha farq qiladi. Birinchi yadroning protonlari ikkinchi yadroning neytronlariga, ikkinchi yadroning protonlari birinchi yadroning neytronlariga teng bo’lsa, ko‘zguli yadrolar deb ataladi. Ko‘zguli yadrolardan biri radioaktiv bo’ladi. Har qanday o ‘zgarishlardanso‘ng bir-biriga o ‘tadi.Bu yadro xususiyatlari bir-biriga ancha yaqin. Ko‘zguli yadrolar yadrokuchlar tabiatini va yadro kuchlarga elektromagnit maydonning hissasini aniqlashda keng qo’laniladi. Neytronlari bir xil bo’lgan yadrolarga izotonlar
deb ataladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin