21. Yadroning tuzilishi. Yadro zaryadi va atom tartib raqami


Kompton effekti. Elektron-pozitron juftligining hosil bo'lishi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/10
tarix22.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#133999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yadro javoblari

37.Kompton effekti. Elektron-pozitron juftligining hosil bo'lishi.
Gamma-foton muhitdan o‘tishda fotoelektronlar chiqarishdan tashqari, atom elektronlari bilan to‘qnashib, natijada elektronni chiqarib bir qism energiya va impulsini elektronga berishi, gamma-foton o‘z energiya va yo‘nalishini o‘zgartirib sochilishi mumkin. Gamma-fotonlarning bunday elektronlardan energiya va yo‘nalishini o‘zgartirib sochilishiga kompton sochilish deb ataladi. Fotoeffekt kesimining gamma-kvant energiyasiga teskari mutanosib ravishda o‘zgarib borsa, kompton effekti gamma-kvant energiyasi ortishi bilan oshib boradi. Birinchi marta 1923-yilda u sochilishni kompton rentgen nurlarining turli moddalardan sochilishini to‘la o‘rganib quyidagicha xulosalar chiqardi.

  1. Sochilgan rentgen nurlarining tarkibida boshlang‘ich 0 to‘lqin uzunlikli nurlardan tashqari '>0 to‘lqin uzunlikka ega bo‘lgan nurlar ham uchraydi.

  2. Sochilish burchagi  ning ortishi bilan ='0 farq ortib boradi.

  3. Sochilish burchagi  ning ma’lum bir qiymatida () sochilayotgan rentgen nurining boshlangich to‘lqin uzunligi 0 ga bog‘liq bo‘lmay qoladi va () hamma sochuvchi jismlar uchun bir xil bo‘ladi.

Kompton sochilishni klassik to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirib berish mumkin emas.

Gamma-kvant energiyasi E>2mec2 bo‘lganda fotoeffekt va Kompton effektlari bilan bir katorda elektron-pozitron jufti ham hosil bo‘ladi. Elektron-pozitron jufti yadroning elektr maydonida yuz beradi va bu jarayon vaqtida yadroga tepki energiya ko‘rinishida energiya beriladi. Elektron-pozitronning tinch holatdagi massasiga to‘g‘ri keluvchi energiya 2mec2=1,02 MeV. Shuning uchun, gamma-kvant energiyasi 1,02 MeV dan katta bo‘lgandagina elektron-pozitron jufti hosil bo‘lishi mumkin. Elektron-pozitron juftining hosil bo‘lishida yadro olgan tepki energiyasi juda kichik bo‘lgani uchun E2mec2 dan boshlab elektron-pozitron jufti hosil bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin