Ionlovchi nurlarning turlari, manbalari va birliklari
Reja:
Ionlovchi nurlarning turlari.
Ionlovchi nurlarning manbalari va xossalari.
Radiologik kattaliklar, birliklar.
Radiatsiyani qayd qilish printsiplari va dozimetriya usullari.
Ionlovchi nurlardan saklanishning fizik usullari va radioaktiv moddalardan tozalanish.
Radioaktiv ifloslanishdan saqlash va uni bartaraf qilish
Ionlovchi nurlarning turlari. Ionlovchi nurlar tabiati buyicha ikki katta guruxga-korpuspulyar va kvant nurlarga bulinadi. Korpuspulyar nurlar uta mayda, elementar zarrachalardan tartib topgan.
Eslatma. Moddiy muxit atom va molekulalardan tarkib topgan. Atom kimyoviy bulinmaydigan eng kichik zarracha bulib, (atom - bulinmas demakdir) tuzilishi - musbat zaryadli, ogir yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tarkib topgan. Atom yadrosi nuklonlar deb atalmish (nukleus - yadro) zarrachalardan tarkib topgan. Nuklonlar ikki xil, musbat zaryadli zarachalar – protonlar va zaryadsiz zarrachalar –neytronlardan iborat. Proton va neytronlar massasi atom massa birligiga, ya`ni 1ga teng. Protonlar zaryadi +1ga teng. Elektronlar zaryadi –1, massasi uta kichik, 1/1837 atom massa birligiga teng zarrachalardir. Atom massasini belgilashda elektron massasi e`tiborga olinmaydi. Elektronlar, protonlar, neytronlar elementlar zarrachalar xisoblanadi, ulardan atomlar tarkib topadi. Bu zarrachalar, aloxida yoki turli nisbatda boglangan xolatda, nur sifatida namoyon bulishi mumkin. Proton va neytronlar tugal zarrachalar bulmay, yanada kichik zarrachalardan tarkib topgan, xozirgi paytda 40 ga yakin zarrachalar tafovutlanadi.
Al`fa (α) nurlar – tarkibi geliy atomi yadrosiga uxshash, 2 proton va 2 neytrondan iborat zarrachalar okimi (42Ne). Al`fa zarrachaning massasi 4 atom massa birligiga teng, zaryadi +2. Bu nur asosan tabiiy radioaktiv moddalar (uran, radiy, toriy, poloniy, rodon va boshkalar) dan tarkaladi. Al`fa zarrachalarning muxitdan utuvchanligi kichik bulib, energiyasiga boglik xolda xavoda 1-16 sm (urta xisobda 10 sm), yumshok tukimalarda bir necha un mikronni tashkil kiladi (0,1 mm-dan oshmaydi) al`fa nurlar odam terisining shox katlamida deyarli tulik tutilib koladi.
Al`fa zarrachalar muxitdan utayotib atom elektronlariga tuknashib, ularni orbitadan urib chikaradi va buning uchun urta xisobda 35 EV energiya sarf kiladi. Radioaktiv atomlardan uchib chikuvchi al`fa-zarrachalar energiyasi 2-11 MEV (milion EV) ni tashkil kiladi. Zarrachalar muxitdan tugri yunalish bilan utadi, uz yulida dastlab nisbatan siyrak, uning nixoyasida uta zich ionlar - ionizatsiya ustuni xosil kiladi. Al`fa nurlari vositasida tashkaridan nurlash biologik uzgarishlar chakirmaydi, chunki bu nurlar yutilgan terining shox katlami ulik xujayralaridir. Aksincha, al`fa nuri manbasining organizmga kirishi (ichki nurlash) chukur uzgarishlar keltirib chikaradi. Bu sharoitda, nur tirik xujayralar orkali utadi, unda kuchli ionizatsiya va biologik uzgarishlar chakiradi.
Beta nurlar (β) asosan manfiy zaryadli zarrachalar - elektronlar (e-) yoki ularning aks zarrachasi pozitronlar (e+) okimidir. Bu nurlar engil zarrachalarga kiradi. Aksariyat beta nurlar sun`iy radiaktiv moddalardan tarkaladi. Utuvchanligi xavoda 10 metr, yumshok tukimalarda 1 smgacha, kurgoshinda 0,3 mm. Beta zarracha manfiy zaryadli bulgani uchun muxit atomlari elektronlarining elektr maydonida itariladi, massasi kichik bulgani tufayli osonlik bilan uz yunalishini uzgartiradi va egri chizikli yul (trek) xosil kiladi. Nur dastasi anik cheklanmaydi. Ionlashtirish kobiliyati kuchsiz - xavoda 1 sm masofada 50-100 juft ion xosil kiladi. Al`fa nurlari esa shu masofada bir necha un ming juft ion xosil kiladi.
Beta nurlari tashki nurlashda teri va uning osti katlamlarida biologik uzgarishlar chakiradi. Ichki nurlashda aloxida beta zarracha chakirgan uzgarishlar, ionlar zichligiga boglik xolda, al`fa-zarraga nisbatan deyarli 10 barobar kuchsiz. Radioaktiv moddalardan tarkalgan β nurlar vositasida tashki nurlash tibbiyotda asosan teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Tibbiyot amaliyotida maxsus tezlatgichlarda (betatronlar va tsiklotronlarda xosil kilingan) yukori energiyali (megavol`tli) elektronlar okimi xam kullaniladi.
Bu nurlar tukimalarda ancha chukurlikka kirishi mumkin.
Pozitronlar - elektronlarning aks zarrachasi bulib, ularning zaryadi va massasining kattaligi bir xil, ammo zaryadning xarakteri teskari- musbat. Pozitronlar uz aks zarrachalari elektronlar bilan tuknash kelgancha yashaydi. Tuknashish ularning annigilyatsiyasi, bir-birini yuk kilishga olib keladi. Ular urnida ikkita kvant xosil buladi. Bu kvantlar, atom elektronlariga tuknash kelib yutiladi.
Neytronlar (n0), massasi 1, zaryadsiz. Asosan, ogir yadrolarni (239U 239Ru) yadro reaktorlarida parchalab olinadi. Bundan tashkari ba`zi transuran elementlar (292Sf) parchalanishida xosil buladi. Neytron nurlarining utuvchanligi juda kuchli, u suvda, vodorodli muxitda kuprok yutiladi. Biologik ta`sir kuchi yukori, bu nurlar tibbiyotda nisbatan kam kullanadi. Asosan tadkikot maksadlarida, sun`iy radioaktiv izotoplar olish va yadrolarni parchalashda ishlatiladi.
Proton nurlari – massasi 1, zaryadi +1 bulgan zarrachalar, sun`iy ravishda maxsus tezlatgichlarda xosil kilinadi, utuvchanligi katta, ionlashtirish kobiliyati kuchli. Bu nur uchish yulining oxirida uta zich ionlash va kuchli biologik uzgarishlar chakiradi. Proton nurlari tibbiyotda tananing chukur kismlarida yotgan kichik usmalarni davolashda keyingi yillarda kullana boshladi. Asosan tadkikot maksadlarida va yangi radioaktiv izotoplar olish uchun kullanadi.
Deytronlar –(deyeriy 21N yadrosi) – 1 proton va 1 neytrondan iborat.
Tritonlar – (tretiy 31N yadrosi ) 1 proton va 2 neytrondan iborat zarrachalar. Tadkikot maksadlarida maxsus tezlatgichlarda xosil kilinadi va radioaktiv izotoplar olishda kullanadi.
π - Mezonlar - massasi elektron massasidan 236 marta ogir zarrachalar. Musbat va manfiy zaryadli π -mezonlar ma`lum. Manfiy π -mezonlar tibbiyot amaliyotida nur terapiyasida kullanadi. Utuvchanligi juda katta, tanaga kirishida dastlab protonlar kabi siyrak ionlar xosil kiladi. Utish yulining oxirida atom yadrolari tomonidan tutiladi va uning parchalanishiga olib keladi. Minnatyuradagi yadro portlash yuzaga keladi va shu soxada kuchli ionizatsiya ruy beradi.
Kvant tabiatli nurlar - energiya portsiyalari yoki fizikaviy iborani ishlatsak fotonlar okimidir. Bu nurlarga radiotulkinlar, infrakizil, yoruglik kabi muxitni ionlashtirmaydigan, - oralik xolatdagi ul`trabinafsha va ionlovchi xususiyatga ega rentgen, gamma, va yukori energiyali tormozlanish nurlari kiradi. Bu nur tulkin tabiatli. Kvant energiyasi ortib borgan sari nurning tulkin uzunligi kiskaradi, utuvchanligi ortib boradi.
Ul`trabinafsha nurlarning kiska tulkinli kismi ionlashtirish xususiyatiga ega, u tukimalarda bir-ikki mmga utadi. Rentgen va gamma kvantlar energiyasi ancha katta, tulkin uzunligi kiska tukimalarda 5-10 sm va undan chukur masofaga uta oladi. Kvant nurlari muxit atomlari elektronlariga duch kelib ularda yutiladi va bu elektronlarga nur tabiatini baxsh etdi. Rentgen yoki gamma kvantni yutgan elektronlar muxit atomlarini β zarracha kabi ionlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |