9. «Talabaning elektron portfoliosi» -
e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda rivojlangan
davlatlarida
e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng
qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida
yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi
materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolio ning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Rivojlantirish portfoliosi- developmental (rivojlanishning
xususiy
kompetensiyasi).
Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment .
Namoyish portfolisi – showcase. Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi
uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir
asosiy rol o‘ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi ( assessment ) - talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari
va bilimini aniq va to‘g‘ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi ( showcase ) - o‘quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan
bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o‘qishni davom
ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko‘rinishdagi
Curriculum Vitae hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko‘rinishida ham
bo‘lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning
o‘zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari