“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
106 
uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat 
birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‘lgan 
maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining 
mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»
26
Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif 
beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-
o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning 
huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa 
odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga 
bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. 
Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim.
Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”
27
«Sivilizatsiya» 
(lot. «civilis» – «fuqarolik», «davlatga doir») atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. 
Birinchidan, 
sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, 
davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy 
bosqich. 
Ibn Xaldun (1332–1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, 
rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar 
va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga 
tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini aytadi.
I.A.Karimov, «Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va 
samarali tar’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib 
ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi»
5
, deb ta’kidlaydi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin