“ Ijtimoiy fanlar


Ehtiyojlar va qadriyatlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Ehtiyojlar va qadriyatlar. 
Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi bilan 
ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. Inson 
ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir, oilaviy 
hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy yoki salbiy 
aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu tarzda vujudga 
keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‘g‘ri anglashi mumkin. 
Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki 
samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit 
predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga muhtojlik sifatida 
anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni, o‘zlari 
yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham 
tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga 
chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z rivojini topadi. Aynan 
ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining 
poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o‘zgaruvchan, harakatchan, o‘zaro bog‘langan va bir-
birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi, ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
114 
aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan 
cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan 
ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy 
munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy 
hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi 
– bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar 
ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, 
qadriyatlar nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam 
ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi 
jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan 
ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining 
qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik 
mashhur rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan 
bo‘lsa-da, o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi 
rassomning o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk 
musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish 
etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu 
kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri 
anglanishi mumkin. SHu sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, 
amalda qimmatga ega bo‘lmagan narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi 
mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin