“ Ijtimoiy fanlar


Sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. 
Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik 
yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar
. Bunda ular 
ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki 
so‘nggi zikr
 
etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq
 
emas, deb 
hisoblaydilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga
 
va individ, shaxsning shakllanishida 
jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga
 
qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos individual asosga 
qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur 
yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, 
xususan, Platon falsafasi, ayniqsa, xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm 
muammosidir.
Hayotning mazmuni va insonning vazifasi. 
Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning 
shomini kuzatishi, odamzod hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini 
unutmasligi lozimligi haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk 
bosqichidayoq, G‘arb falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. 
SHundan beri o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada deyarli hech 
qanday o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzodning hayot yo‘li tug‘ilish vao‘lish 
sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi sana doim muayyan, aniq bo‘lsa, ikkinchi sana 
inson umrining oxirgi soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi. Ayni shu sababli hayotning 
mazmuni muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga aniq 
va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun 
yashayapman», deb so‘raydi o‘zidan inson va agar bu savolga o‘zi javob bermasa, o‘z hayotiga 
muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini 
vaqto‘tishi bilan anglay boshlaydi. Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim, oxir-oqibatda, 
o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi. Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq, 
ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti borligi va ular ham 
o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi o‘ta shaxsiy muammolarni mustaqil echish 
zaruriyati qarshisida turganini anglab etgunga qadar davom etadi. Bundan ekzistensializm 
falsafasida yolg‘izlik muammosi kelib chiqadi. Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada 
ham inson borlig‘i tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin