“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Faoliyatning atributlari. 
Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, 
faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo‘lib uning inson tomonidan o‘zgartiriladigan ob’ekt: 
tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari) 
faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari 
orasida, avvalo, sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Sub’ektlilik va moddiylik. 
Faoliyatning sub’ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning 
o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari, emotsiyalari va 
irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. 
Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo‘li bilan o‘zgartiriladigan 
tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol 
toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan 
tegishli harakatlar ham o‘zgartirish faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin. Inson faoliyati 
mehnat qurollari yordamida amalga oshiriladi. Uning hayvonlar faolligidan asosiy farqlaridan biri 
qurollilik hisoblanadi. «Quruq qo‘l ham, o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan aql ham katta kuchga ega 
emas, – degan edi F.Bekon. – Ish qo‘lga ham, aqlga ham kerak bo‘lgan qurollar va vositalar 
yordamida bajariladi»
38
.
Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. 
Faoliyatni tartibga solishning umumiy mexanizmlari 
qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan 
va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni 
kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an’analarning ijtimoiy-madaniy me’yorlari, qoidalarining 
mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. Me’yorlar muayyan 
sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok 
etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning 
38
Бэкон Ф. Новый Органон. Афоризмы об истолковании природы и царства человека: Соч.:в 2 т. Т. 2. –М.: 1978 г. 
с. 12.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin