“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
126 
9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING 
FALSAFIY JIHATLARI
Reja: 
1.
Globallashuv hodisasi va globalistika.
2.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
3.
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida global muammolarning tavsifi.
4.
Bashoratning turlari va metodlari
5.
Korrupsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. 
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi 
kurashning ahamiyati
6.
Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati.
Tayanch tushunchalar: 
Globallashuv, globalistika, Harakatlar strategiyasi, global muammolar, 
Orol dengizi, bashorat, eksropolyasiya metodlari, tarixiy analogiya, kelajakni prognoz qilish, 
utopiya, analitik prognoz, prognoz ogohlantirish, normativ prognoz, qidiruv prognozi, kelajak 
ssenariylari,korrupsiya, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun, texnika, texnologiya.
 
Globallashuv hodisasi va globalistika.
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish 
uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda 
dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol 
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. 
Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va 
ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan 
jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga 
qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va 
universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, 
shuningdek, ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. «globus» – «Yer kurrasi») deb 
nomlandi. 
Globallashuv
jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona 
bo‘lgan
tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. 
Shuningdek, globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon
xo‘jaligi, umumiy ekologik 
o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu
kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli 
sa’yharakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular 
ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini 
anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy-tadqiqotlar soha si – globalistika paydo bo‘lishiga olib 
keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global 
muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan, ularning 
natijalarini, shuningdek, ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, 
ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun 
qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh 
fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi 
zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv 
jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar 
bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning 
turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida 
o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin