“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
127 
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning 
oxirlarida shakllana boshladi
, lekin uning paydo bo‘lishi
 
uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin 
yuzaga kelgan edi.
 
Global jarayonlarning shakllanish tarixi
. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga 
XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shakl-
shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon 
maydoni shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi. Ayni 
shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga 
o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga 
muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga 
kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi 
zikr etilgan voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning 
atrof-muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida 
ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq 
sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni 
shu davrda, ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof 
savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, 
bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta 
boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy 
ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab 
bo‘ldi. Xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda 
tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning 
o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan 
uzviy bog‘liq bo‘lgan,degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, Sharq va 
G‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlash tirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. 
Shu tariqa, ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning 
zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin