Dinning ko’zga ko’rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o’rganuvchi ilm sohasi “Din fenomenologiyasi” deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga namoyon bo’lgan jihatlarini asosiy o’ringa ko’taradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.
Din fenomenologiyasi diniy tuyg’u va bu tuyg’uning ko’rinishlari deyarli butun dunyoda bir–biriga o’xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va g’oyasining bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
|
Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
|
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan holda o’ziga taalluqli bo’lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.
|
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo’lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo’llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
|