Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə1/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor



Reja:
Kirish
I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari

    1. Lingvokulturologiya va uning birliklari.

2.1.Jahon tilshunosligida lingvokulturologiyaning o‘rganilishi.
3.1. O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqlar.
Bob yuzasidan xulosa
II bob. O‘zbek xalqi to‘y marosimlarining lingvistik xususiyatlari
2.1. O‘zbekcha to‘y marosimlarini ifodalovchi leksemalarning lingvistik xususiyatlari
2.2. Inglizcha to‘y marosimlarini ifodalovchi leksemalarning lingvistik xususiyatlari.
Bob yuzasidan xulosa
III bob. Inson tug’ilishi bilan bog’liq udumlarning lingvistik tadqiqi
3.1 O‘zbek tilida chaqaloq tug’ilishiga oid lug’aviy birliklar
3.2.Ingliz tilida chaqaloq tug’ilishiga oid lug’aviy birliklar
Bob yuzasidan xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH ( Magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxs va uning o‘ziga xos milliy va maʼnaviy olami, turmush tarzi bilan bogʼliq ravishda o‘rganishga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Til bo‘yicha tadqiqotlarga bu kabi qarashlar natijasida XX asrda tilshunoslik doiralari kengaydi va lingvokulturologiya tilshunoslikning yangi yo‘nalishi sifatida maydonga keldi. Natijada muayyan til va bu tilda so‘zlashuvchi xalqning tarixiy taraqqiyoti, mentaliteti va turmush tarzi davomida rivojlangan anʼanaviy madaniyati va maʼnaviyatini birgalikda o‘rganish tilshunoslik fanining dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda.
Lingvokulturologiyada maʼlum bir hududda yashab kelayotgan xalqning leksikonidagi urf-odatlari va udumlarini o‘zida ifodalaydigan leksikalarni milliy va dialektal leksik qatlam sifatida lingvomadaniy va lingvokognitiv jihatdan tekshirish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Zero,lingvokulturologiyaning asosi bo‘lmish urf –odatlar leksikasini tadqiq etish orqali muayyan xalqning tilshunosligi, tarixi, madaniy merosi va hayotiy qadriyatlari haqidagi bilimlari boyitiladi.
O‘zbek tilshunosligida tilni o‘zbek xalqining urf-odatlari, tarixiy anʼanalari va maʼnaviy olami bilan o‘zaro bog’lab tadqiq qilishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Zero, “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlarga qoldirish, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”.1
Har bir hudud o‘z etnografik leksikasiga ega bo‘lib, ularni to‘plash, lingvistik nuqtai- nazardan tahlil etib, avloddan avlodga yetkazish qator lingvistik muammolarning yechilishi uchun sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 -yil 7- oktyabrdagi “2010-2020-yillarga mo‘ljallangan nomoddiy madaniy meros obyektlarni muhofaza qilish, asrash, targʼib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘gʼrisida”gi Qarori , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 -yil 10- dekabrdagi PQ-1875-son “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi Qarori, 2017 - yil 20- apreldagi «Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida»gi PQ-2909-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ilmiy tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin