Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə5/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Stereotip. Muloqotda muayyan madaniyatning yoki shaxsning tayanch vazifasini o‘taydi. U madaniyat va til uchun o‘ziga xoslikdir. Stereotip bir necha turlarg abo‘linadi.: muloqot stereotiplari, mental stereotiplari, ijtimoiy steretiolar, madaniy stereotiplar, etno madaniy stereotiplar. Ular xalqqa yoki shaxsga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan, o‘zbek xalqi mehmondo‘stligi, nemis xalqi tartibliligi , yapon xalqi sermulozamatligi bilan stereotip tasavvurlarni shakllantirgan.
6.Metafora va obrazlar. Ilmiy izlanshlarda metaforalar xalq tafakkurining bir qismi sifatida izohlangan. Olamni va hodisalarni metaforalar vositasida izohlash madaniyat bilan bog’liq ekanligi psixologlar tomonidan aniqlangan.
Obraz - til birliklarini borliqdagi predmet va hodisalar bilan bog’lab yoki o‘xshatib ifodalovchi tushuncha. Bunda tasvirlanuvchi va tasvirlangan predmetda umumiylik bo‘ladi.
7.Tillarning stilistik qatlami. Turli tillarning qaysi shaklda namoyon bo‘lishi stilistik qatlam hisoblanadi. Bu adabiy va noadabiy til shakllarinng o‘zaro bog’liqligi , tillardagi shevalar va dialektik farqlarni o‘z ichiga oladi.
8.Nutqiy muomala – linvokulturologiyaning maxsus tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin. Uning bir necha turlari bor: Grammatik, nominativ va stilistik birliklarda mustahkamlangan muomala. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har qanday xalq madaniyatida insonlar jamiyatdagi o‘z ijtimoiy roliga xos ravishda o‘zini tutishi kerakligi haqidagi tasavvurlariga ko‘ramuloqot qiladi. Masalan, er- xotin , qaynona-kelin, ota- o‘g’il, boshliq –xodim, tadbirkor – mijoz.
9.Nutq etiketi – rasmiy va norasmiy vaziyatlarda ijtimoiy va madaniy o‘ziga xos nutqiy muomala qoidalari. Nutq etiketi – ijtimoiy sayqallangan , tekislangan muloqot normasi. Bunda rasmiy va norasmiy til vositalarini qo‘llash xarakterlidir. Demak, linvokulturologiya predmeti til va madaniyat negizida shakllangan lisoniy belgilarning madaniy semantikasini tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqot uchun tanlangan predmet muayyan tarixiy jamiyatning mentalitetini o‘zida aks ettirishi va milliy xarakteriga ega bo‘lishi hamda tilda faol ishlatilishi kerak. Lingvomadaniyatshunoslikning tadqiqot predmetiga tilshunos A. E.Mamatov o‘zining “Zamonaviy lingvistika” o‘quv qo‘llanmasida shunday tarif beradi:
“ Lingvomadaniyatshunoslikning tadqiqot predmeti —insoniyat tomonidan yaratilgan (mehnat qurolidan tortib to uy anjomlarigacha, odat, rasm-rusum, odamlarning turmush tarzidan tortib to fan va san’at, din va ateizm, axloq va falsafagacha, boshqacha qilib aytganda, artefaktlar tizimigacha bo‘lgan (lotincha “artefactum” : “ arte” — sun’iy; “ factus” — qilingan) moddiy va ma’naviy madaniyatdir. Atamaga quyidagi tarkib kiritiladi: madaniyatning moddiylashtirilgan ob’yekti, ishlab chiqarish, ijodiy mehnat mahsuli, tilda ifodalangan madaniyat asarlari (“ yordamchi xislat” va fikrlar mahsuli). Bir so‘z bilan aytganda, olamning lisoniy manzarasini tashkil qiluvchi narsalar.
Lingvomadaniyatshunoslik lingvoo‘lkashunoslikning vorisi (davomchisi) sifatida jamiyat hozirgi hayoti tomonidan ilgari surilgan madaniy qadriyatlarning yangi tizimiga, fakt va hodisalarning to‘liq, obyektiv talqiniga, shuningdek, mamlakatmadaniy hayotining turli sohalari haqidagi ma’lumotlarga qarabish tutadi”.26
Yuqorida berilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, shunday xulosa qilish mumkinki, lingvukulturologiya quyidagi masalalarni tadqiq etadi:
1.Til konseptlarining shakllanishida madaniyatning ahamiyati;
2.Til belgisida madaniy mazmunning ifodalanishi;
3.Bu ma’nolarning nutq jarayoniga ta’siri;
4.Muayyan madaniyatning asosiy konseptlarini tahlil etish.



Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin