Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə3/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Tadqiqotning obyektini o‘zbek va ingliz tilida nikoh to‘yi va chaqaloq tug’ilishiga oid urf-odatlarga bog’liq lug’aviy birliklar tashkil etadi.
Tadqiqot predmeti o‘zbek va ingliz tilida nikoh to‘yi va chaqaloq tug’ilishiga oid urf-odatlarga bog’liq lug’aviy birliklarning leksik-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot usullari. Mavzuni yoritishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, differentsial-semantik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Urf-odatlar leksikasi har bir millatning milliy maʼnaviyatini namoyon etuvchi til tizimining tarkibiy qismi ekanligi nikoh to‘yi marosimlari va chaqaloq tug’ilishi bilan bog’liq urf- odatlar leksikasi tahlili orqali asoslangan;
Ingliz va o‘zbek nikoh to‘yi va chaqaloq tug’ilishi bilan bog’liq urf- odatlar leksikasini ifoda jihatidan lugʼaviy-maʼnoviy guruhlarga ajratilib, o‘xshash va farqli jihatlari dalillangan;
To‘y marosimiga oid o‘zbek xalq og’zaki ijodi namunalari ular tarkibidagi leksemalarga ko‘ra klassifikatsiya qilingan;
O‘zbek va ingliz udumlarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganish natijasida lingvokulturologiya tilshunoslikning ajralmas qismi ekanligi asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
O‘zbek va ingliz to‘y marosimi va chaqaloq tug’ilishi bilan bog’liq urf- odatlar leksikasining semantik tabiati va lingvomadaniy tahlili ularning til va milliy maʼnaviy birlik sifatida o‘rganilishi uchun ilmiy-nazariy asos vazifasini bajarishi tilshunoslik, xususan lingvokulturologiya va xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalarning yaratilishiga muhim manba bo‘lishi asoslangan.
O‘zbekcha to‘y marosimlari leksemalarini leksik – semantik jihatdan tahlil qilishda ularni uch turga bo‘lib o‘rganish muhimligi asoslangan.
O‘zbek xalq ijodida to‘yga aloqador maqol va iboralar semantikasiga ko‘ra klassifikatsiya qilingan. Bunda to‘y, sep, qiz, kelin, qaynona, quda leksemalari muhim rol o‘ynagan.
Barcha urf-odat va marosimlar inson omili bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi dalillar bilan ko‘rsatilgan.

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin