Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bogʼliqligi



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə2/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bogʼliqligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Аxborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion gʼoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq ravishda bajarilgan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida urf –odatlar leksikasi, xususan, to‘y marosimi etnografizmlari folklorshunoslar va tilshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, А.Jo‘raboyev «O‘zbek tilidagi to‘y marosimlari bilan bogʼliq atamalar (Аndijon shevalari materiallari asosida)2, Z.Husainova «O‘zbek tilida to‘y marosimlari atamalarining onomasiologik tadqiqi» (Buxoro shevalari materiallari asosida)3 singari tadqiqotlarni ko‘rsatish mumkin. Mustaqillik yillarida S.Davlatov4, N.Qurbonboeva,5 L.Xudayqulova6 kabi tadqiqotchilar tomonidan to‘y marosimi folklori, F.Hayitova7, Sh.M.Nurillaeva8, M.M Kaxarovalar9 tomonidan to‘y marosimlari bilan bogʼliq so‘zlar, etnografizmlar lingvistik jihatdan tahlil qilingan. Bu tadqiqotlarda to‘y marosimi nomlarini lingvistik nuqtai nazardan tahlil etish haqidagi ayrim qarashlar mavjud bo‘lsa-da, to‘y marosimi hamda chaqaloq tug’ilishi bilan bog’liq urf-odatlar leksikasini o‘zbek va ingliz tillari miqyosida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmagan.
Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek va ingliz udumlari, xususan, to‘y marosimlari va chaqaloq tug’ilishiga oid urf –odatlarni ifodalovchi lug’aviy birliklarning lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish orqali ularning semantik tabiati va lingvomadaniy xususiyatlarini yoritish, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash va ularni nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Lingvokulturologiya yo‘nalishining tilshunoslikda tutgan o‘rni, uning jahon tilshunosligida o‘rganilishi hamda O‘zbekistonda amalga oshirilgan lingvokulturologik tadqiqotlarni tahlil qilish;
O‘zbekcha va inglizcha to‘y marosimlarini ifodalovchi leksemalarning lingvistik xususiyatlarini tadqiq qilish, ularning lingvistik va semantik jihatdan farqlari va o‘xshashliklarini yoritish;
O‘zbek va ingliz tillaridagi to‘y marosimlarini ifodalovchi xalq maqollarini tahlil qilish orqali bu ikki til egalari etnik qatlamaining o‘ziga xos dunyoqarashini ko‘rsatib berish;
O‘zbek va ingliz tilida chaqaloq tug’ilishiga oid lug’aviy birliklarni tadqiq qilish orqali ularning lug’aviy –ma’noviy xususiyatlarini ochib berish;
To‘y marosimiga oid o‘zbek xalq og’zaki ijodi namunalarini ular tarkibidagi leksemalarga ko‘ra klassifikatsiya qilish.

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin