Yoritishning



Yüklə 155,01 Kb.
səhifə1/13
tarix02.01.2022
ölçüsü155,01 Kb.
#38286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yoritish jihozlari


Yoritish — obʼyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yoritishning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy yoritish inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va boshqalar bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik oʻtkazadigan materiallardan tayyorlanadi, derazalar tepasiga tuynuklar qilinadi. Yaxshisi uylarni qurishda yorugʻliktushishni toʻgʻri tanlash kerak. Sunʼiy yoritish, odatda, yoritish jihozlari, yoritish qurilmalari yordamida hosil qilinadi. Uning umumiy, mahalliy (ish joyini yoritish) va aralash, ish (xar kuni ishlatish uchun) hamda avariya holatdagi (ish yoritish oʻchganda ishlatiladigan) xillari bor. Sunʼiy yoritish aholi yashaydigan joylar, transport harakatlanadigan magistrallar, koʻchalar, maydonlar va boshqalarni yoritishga tatbiq etiladi. Xonalarni tabiiy yoritish va sunʼiy yoritish qurilish normalari va qoidalariga asoslanib bajariladi.


Yüklə 155,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin