python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash reja



Yüklə 18,91 Kb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü18,91 Kb.
#97710
  1   2
Shart operatorlari


2.2 PYTHON DASTURLASH TILIDA TARMOQLANUVCHI
JARAYONLARNI DASTURLASH
Reja:
1. Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi; 2. To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi;
3. elif operatori va uning umumiy ko‘rinishi.
Tayanch so‘zlar. If, else, elif, qisqa shartli, to‘liq shartli.
Python dasturlash tilida chiziqli jarayonlar buyruqlar ketma-ketligi asosida bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, buyruqlar ma’lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo‘yicha bajariladi. Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi(shartli) jarayonlarni bir necha turlarga bo‘lingan holda amalga oshirish mumkin.
Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha qilib shartli operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham qisqa, to‘liq va umumiy shartli operator ko‘rinishlarida, tarmoqlanishni amalga oshiradi. if operatori
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida amalga oshirish uchun, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Algoritm bajarilish vaqtida ma’lum bir shartlar asosida algoritmning u yoki bu qismi bajarilishini ta’minlash maqsadida shartli operatorlardan foydalaniladi.
Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga bo‘linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.
Hayotdagi asosiy ko‘p masalalarni dasturlash vaqtida, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar ham ikki xil holatni o‘z ichiga oladi, ya’ni shart rost bo‘lganda ma’lum bir vazifani yolg‘on bo‘lganda hech qanday vazifani bajarmaydi va shart rost bo‘lganda ma’lum bir vazifani yolg‘on bo‘lganda boshqa vazifani bajaradi.
Demak, yuqoridagi ikki holatni e’tiborga olib, shartli operatorlar ham qisqa va to‘liq ko‘rinishga ega.
Qisqa shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha if :
operatorlar
if operatori tarkibida shartlar ikki va undan ortiq bo‘lsa oldingi
bobdagi mantiqiy ifodalar asosida birlashtiriladi. if operatori tarkibidagi shart faqat chin bo‘lgandagina : dan keyingi opertorlar bajariladi. Misol: Berilgan sonning juft yoki toq ekanligini aniqlang.

a=10
if %2==0:
print('juft') if a%2!=0:
print('toq')
================ RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
=============
juft
>>>

Berilgan masala yechimida faqat bitta shart tekshirildi, bu yerda blok yoki begin end vazifalari hech qanday buyruqsiz amalga oshiriladi. Agar shartdan keyin bir nechta operator bajarilish uchun : belgisidan keyin ENTER tugmasi bosilib yozilaveradi yani bir soha bo‘yicha.
Misol: Berilgan a va b sonda a>b bo‘lsa ikkita sonning yig‘idisi va ayirmasini, a<=b bo‘lsa ikkita sonning ko‘paytmasi va bo‘linmasini toping.

a=10 b=5 if a<=b: y=a+b z=a-b if a>b: y=a*b z=a/b
print('y=',y,' z=',z)
============== RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
==============
y= 50 z= 2.0
>>>


Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin