31-mavzu:Python dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzish.
Reja:
1. Python tilida chiziqli dasturlar;
2. type() va help() funksiyalari.
Tayanch so‘zlar: type, help, operator, chiziqli dastur, o‘zgaruvchi.
Programmalash tilida tuzilgan dasturlar odatda uchta jarayonga
asoslanib tuziladi. Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala
algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va
boshqaruv operatorlariga bo‘linadi. Aksariyat boshqa dasturlash tillarida
operatorlar nuqtali vergul (‘;’) belgisi bilan tugallanadi python dasturlash
tilida esa ; nuqtali vergulni quyish shart emas. Dastur tuzish vaqtida
buyruqlar ketma-ketligi uzluksiz bajarilib boshqa shartlar talab etilmasa,
dastur chiziqli hisoblanadi.
Tarif: Chiziqli algoritmlarga asoslanib python dasturlash tilida
tuzilgan dasturlar chiziqli dasturlar deyiladi.
Chiziqli dasturlar tarkibiy qismi bo‘lgan operator va buyruqlarda
hech qanday shart yoki takrorlanish bajarilmaydi. Chiziqli dasturlar
tarkibidagi bo‘yruqlar, albatta, bir marta bajariladi.
Misol: Quyidagi funksiyani hisoblang ((a+x)>0).
a=input('a=')
x=input('x=')
a=float(a)
x=float(x)
from math import*
y=(a*pow(x,3)-sin(x))/(1+log(x))-sqrt(a+x);
print('y=',y)
============= RESTART: C:/Users/User/Desktop/2.py
a=5
x=8
y= 827.3927343284367
>>>
|
Nazorat savollari
1.Chiziqli dasturlar deb nimaga aytiladi?
2.type() va help() funksiayalarning vazifalari?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. Nolga teng bo‘lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig‘indisi,
ko‘paytmasi va har birining moduli aniqlansin.
2. Uzunlik L santimetrda berilgan. Undagi to‘liq metrlar sonini aniqlovchi
dastur tuzilsin (1 metr = 100 sm).
3. Og‘irlik M kilogramda berilgan. Undagi to‘liq tonnalar sonini
aniqlovchi dastur tuzilsin (1 tonna = 1000 kg).
4. Faylning hajmi baytlarda berilgan. Bo‘lib butunni olish operatsiyasidan
foydalanib fayl hajmining to‘liq kilobaytlarda ifodalovchi dastur tuzilsin
(1 Kilobayt = 1024 bayt).
5. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha
marta joylashtirish mumkinligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha
marta joylashtirish mumkin. A kesmada B kesmaning joylashmagan
qismini aniqlovchi dastur tuzilsin.
7. Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o‘nliklar xonasidagi raqamni,
So‘ng birlar xonasidagi raqamni chiqaruvchi dastur tuzilsin.
8. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlar yig‘indisi va ko‘paytmasini
aniqlovchi dastur tuzilsin.
9. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari o‘rnini almashtirishdan hosil
bo‘lgan sonni aniqlovchi dastur tuzilsin.
10. Uch xonali son berilgan. Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi
dastur tuzilsin.
11. 999 dan katta bo‘lgan son berilgan. Bir marta bo‘lib butunni va bo‘lib
qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar
xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
12. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o‘tdi. Kun boshidan boshlab
qancha minut to‘la o‘tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
13. Hafta kunlari quyidagi tartibda berilgan: 1 – dushanba, 2 – seshanba,
... , 6 – shanba, 7 – yakshanba (N 1-7gacha bo‘lgan hafta kunlari soni). 1-
365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar N chi kunga to‘g‘ri
kelsa, kiritilgan K – kun haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlovchi
programma tuzilsin.
14. A, B, C butun sonlar berilgan. Tomonlari AxB bo‘lgan to‘g‘ri
to‘rtburchakka tomoni C bo‘lgan kvadrat eng ko‘p joylashtirilsin.
To‘g‘rito‘rt burchakka eng ko‘p joylashgan kvadratlar soni va joylashmay
qolgan qismi yuzasini aniqlovchi programma tuzilsin.
15. Qaysidir yil berilgan. Berilgan yilning qaysi yuz yillikka kirishini
aniqlovchi programma tuzilsin. (Masalan: 20 – yuz yillikning boshi 1901
yil).
Dostları ilə paylaş: |